Pasanauri ( , shuningdek, Passanauri) – Gruziyadagi kichik shaharcha, Mtsxeta-Mtianeti viloyati, Dusheti tumanida joylashgan. Geografiyasi Pasanauri mamlakat poytaxti Tbilisidan taxminan shimolda, dengiz sathidan 1050m balandlikda joylashgan. Gruziya harbiy yoʻlida, Pasanauri Aragvi daryosi bilan yonma-yon joylashgan va Kavkaz togʻlari bilan oʻralgan. Iqlimi Pasanaurida qishki harorat odatda 10 darajadan past boʻladi, oʻrtacha harorat 0 daraja Selsiyni tashkil qiladi.
Demografiyasi 2014-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shaharchada 1,148 aholi istiqomat qilgan.
Oʻzining xushmanzara joylashuvi va yaqin atrofdagi tarixiy obidalarga yaqinligi, shuningdek, mineral suvlari, sayyohlik yoʻllari, qoʻlda yasalgan buyumlari va oziq-ovqatlari tufayli Pasanauri Sovet Ittifoqi davrida mashhur sayyohlik maskaniga aylangan , lekin Sovet inqirozidan keyingi yillarda koʻplab zarar koʻrdi.
Yana qarang
Mtsxeta-Mtianeti
Manbalar
Turkum:Gruziya shaharlari