Vasilios Kotronias (; baʼzan Vassilios shaklida yoziladi; 1964-yil 25-avgustda tugʻilgan) – gretsiyalik shaxmatchi va yozuvchi. Oʻn karra Gretsiya chempioni. FIDE tomonidan 1986-yilda xalqaro sport ustasi va 1990-yilda grossmeyster unvonlari bilan taqdirlangan.

1998 va 2004-yillar oraligʻida Kipr terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Ammo keyinchalik yana Gretsiya safiga qaytgan.

Xalqaro musobaqalardagi ishtiroki

1988-yil Afina (Akropol xalqaro shaxmat musobaqasi)da gʻolib boʻlgan 1993-yil Komotinida gʻolib boʻlgan 1993-yil Korfudagi musobaqada gʻolib boʻlgan 1994-yil Gausdaldagi musobaqada gʻolib boʻlgan 1995-yil Gausdaldagi musobaqada gʻolib boʻlgan 1996-yil Rishon Le Siondagi musobaqada gʻolib boʻlgan 1998-yil Panormodagi musobaqada gʻolib boʻlgan 2003-yil Gibraltar shaxmat festivali 2003—2004-yillar Hastings xalqaro shaxmat kongressida chempion bilan teng natija qayd etgan. 2008-yilgi Cappelle-la-Grande Open turnirida birinchi oʻrinni egallagan 2020-yilda Ikaros shaxmat festivalida gʻolib boʻlgan

Eng koʻp foydalangan debyutlari Oq donalar bilan Qora donalar bilan Sitsiliyancha (212) Sitsiliyancha himoya (188) Ruy Lopes (117) Qadimhi hind himoyasi (140) Fransuzcha himoya (71) Rixter-Rauzer (55) Ruy Lopez, yopiq (62) Inglizcha debyut (27) Tarrasch (57) Farzin piyodasi (25) Karo-Kann (49) Farzin gambitidan mudofaa (18)

Jamoadagi ishtiroki Jamoaviy shaxmatda 1984-yildan beri koʻplab shaxmat olimpiadalarida qatnashgan. Shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida yettita oʻyinning hammasini birinchi taxtada oʻynab, +19 −13 = 26 ball olgan. 2001-yilda Leonda 5.5/8 ball bilan shaxsiy individual musobaqalarda kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2008-yilgi Drezden Olimpiadasida oʻz doskasida bronza medalni qoʻlga kiritgan.

Siyosat 2014-yil 25-maydagi saylovlarda „The River“ partiyasi nomidan Yevropa Parlamentiga nomzod boʻlgan. Partiyani tark etgach, Kotronias Syriza partiyasiga qoʻshilgan. 2019-yilgi umumiy saylovlarda ushbu partiya nomidan nomzod boʻlgan.

Nashr etilgan kitoblari

Manbalar

Havolalar

Vasilios Kotroniasning 365Chess.com saytidagi partiyalari Vasilios Kotroniasning Chessgames.comdagi shaxsiy profili Vasilios Kotroniasning OlimpBase.orgda shaxmat olimpiadasidagi faoliyati

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:2004-yilda vafot etganlar