Ayrton Lucas Dantas de Medeiros (; 1997-yil 19-iyunda tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, Moskvaning „Spartak“ klubi himoyachisi, „Flamengo“ futbol klubida ijara asosida o‘ynaydi.

Klublardagi faoliyati Ayrton Rio Grande do Norte shtatidagi Serido sharqiy qismida joylashgan Karnauba dos Dantas hududida tugʻilgan. U oʻz faoliyatini „Karnauba dos Dantas“ maktabining futbol jamoasida boshlagan. 13 yoshida u Natal shahridagi „ABS“ futbol klubi akademiyasiga borgan. Ammo uning ota-onasi Ayrtonni u yerga olib borishni xohlashmagan. Ular futbol akademiyasining yotoqxonalarida toʻshak yoʻqligi va yashash uchun boshqa imkoniyatlarning ham yetishmasligini aytishgan. Keyin Natalda yashovchi Lucas ismli bir keksa odam ularga yordam bergan. U klub rahbariyati bilan gaplashgan va oxir-oqibat Ayrton uchun yotoqxonadan karavot topib bergan. Avvaliga yosh futbolchi oilasiz qiynalgan. Biroz vaqt oʻtgach, u turnirlarda ishtirok etish uchun Rio-de-Janeyroga borgan. U yerda Ayrton klub rahbariyati eʼtiboriga tushib, darhol „ABS“ futbol klubining asosiy jamoasidan joy olgan. Lucasning klubdagi minimal maoshi, taxminan 700-720 real boʻlgan. U „ABS“ futbol klubi tarkibida oʻynaganida, Ayrtonning agenti boʻlmagan. Keyinchalik u agent Karlos Leyte bilan shartnoma imzolagan. Hamda futbolchi bir necha kundan soʻng yangi agentining harakatlari natijasida „Fluminense“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan.

2015-yil 18-oktyabrda „Cruzeiro Esporte“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (0:2) Braziliya A Seriyasida debyut qilgan. Futbolchi „Londrina“ futbol klubiga ijaraga berilgach, Ayrton bu klubning asosiy chap qanot himoyachisiga aylangan. Shuningdek, u barcha musobaqalarda „Fluminense“ futbol klubi tarkibida jami 58 ta oʻyin oʻtkazdi.

2016-yil boshida Lucas oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Joe Madureira“ futbol klubiga ijaraga oʻtdi. 24-fevral kuni Karioka ligasi doirasida „Macaé“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoa safida debyut qilgan. Hammasi boʻlib u „Joe Madureira“ futbol klubi safida 9 ta oʻyin oʻtkazgan. Ijara muddati tugagach, futbolchi „Fluminense“ futbol klubiga qaytgan.

Xalqaro faoliyati U Braziliya yoshlar terma jamoasi safida oʻynashi uchun yetarli tajribaga ega deb hisoblangan. Shu tariqa, 2016-yil aprel oyida Ayrton bosh murabbiy Rojerio Mykale tomonidan 2016-yilning 18-mayidan 22-mayiga qadar bo‘lib o‘tgan Suvondagi turnirda ishtirok etish uchun yig‘inga chaqirilgan. Yoshlar jamoasi safida 3 ta oʻyin oʻtkazgan.

2019-yil 25-oktyabrda Ayrton birinchi marta Braziliya olimpiya terma jamoasiga chaqirilgan. 2019-yil 17-noyabr kuni u Braziliya olimpiya terma jamoasi safida debyut qilgan va Argentina olimpiya terma jamoasiga qarshi Birlashgan xalqaro futbol festivali turniri final uchrashuvining 65-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan.

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolFluminense F. C.20154000―0040Madureira E. C.2016―00―9090Jami0000009090Fluminense F. C.20162000―1030Londrina E. C.201733200―201533Jami3320000201533Fluminense F. C.201828020100110510Jami34020100120580Spartak2018—201913010――1402019—20202704040―3502020—202127221――2932021—20222111080―301Jami88381120001084C. R. Flamengo20223124060―412Jami312406000412Umumiy faoliyatida18671412804112699

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar