'''Mohammad Reza Khanzadeh () () (1991-yil 11-mayda tugʻilgan) — eronlik futbolchi. Mohammad Reza Khanzadeh Bangladeshning „Bashundhara Kings“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Mohammad Reza Khanzadeh xalqaro oʻyinlarda Eron milliy futbol terma jamoasi safida Eron sharafini himoya qiladi.
Faoliyati
Rah Ahan 2009-yilda Mohammad Reza Khanzadeh "Rah Ahan" futbol klubi jamoasiga qoʻshildi. Mohammad Reza Khanzadeh klub safida toʻqqizta oʻyinda maydonga tushdi. Bu oʻyinlarda u ikkita sariq kartochka oldi.
Persepolis Mohammad Reza Khanzadeh 2012-yilning 2-iyunida "Persepolis" futbol klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Mohammad Reza Khanzadeh 2012-yilning 16-sentyabrida „Persepolis“ futbol klubi safida „Naft Tehron“ futbol klubiga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi. Mohammad Reza Khanzadehni muxlislar „Persepolis Raphaël Varane“ni deb atashdi.
Zob Ahan (ijara) 2013-yilning 18-noyabrida Mohammad Reza Khanzadeh 2013—2014-yilgi mavsum oxirigacha „Zob Ahan“ futbol klubiga ijaraga berildi. Mohammad Reza Khanzadeh „Persepolis“ klubiga qaytishdan oldin „Zob Ahan“ klubi safida 15 ta oʻyin oʻtkazdi.
Persepolis Mohammad Reza Khanzadeh „Zob Ahan“ futbol klubida olti oy oʻtkazgandan soʻng, 2014—2015-yilgi mavsum boshlanishidan oldin „Persepolis“ futbol klubi safiga qaytdi. 2015-yilning 22-aprelida Mohammad Reza Khanzadeh va bir qancha jamoadoshlari 2015-yilgi AFC Chempionlar ligasida „Persepolis“ klubining „Lekhwiya“ klubiga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng „Persepolis“ muxlisi bilan janjallashib qolgan edi. 2015-yil 28-aprel kuni Eron futbol intizom qo‘mitasi Mohammad Reza Khanzadehga Erondagi har qanday musobaqalarda qatnashishni to‘qqiz oyga taqiqladi. Biroq unga „Persepolis“ klubi bilan mashg‘ulotlarni davom ettirishga ruxsat berildi.
Foolad & Siah Jamegan Mohammad Reza Khanzadeh 2015—2016-yilgi mavsum boshlanishidan oldin „Foolad“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Klub tarkibida bir mavsum oʻynaganidan keyin Mohammad Reza Khanzadeh „Siah Jamegan“ futbol klubiga sotildi.
Padideh Mohammad Reza Khanzadeh 2017—2018-yilgi mavsum boshlanishidan oldin „Padideh“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Mohammad Reza Khanzadeh jamoadagi ilk mavsumida 4 ta gol urdi.
Karyera statistikasi Klub Boʻlim Mavsum Liga Kubok Osiyo Jami Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Rah Ahan Pro-liga 2009—2010 0 0 0 0 — 0 0 2010—2011 0 0 0 0 — 0 0 2011—2012 9 0 0 0 — 9 0 Persepolis 2012—2013 12 0 2 0 — 14 0 2013—2014 4 0 0 0 — 4 0 Zob Ahan 15 0 1 0 — 16 0 Persepolis 2014—2015 17 0 3 0 3 0 23 0 Foolad 2015—2016 11 0 1 0 — 12 0 Siah Jamegan 2016—2017 20 1 0 0 — 20 1 Padideh 2017—2018 25 4 1 0 — 26 4 Al Ahli Stars ligasi 2018—2019 13 0 0 0 — 13 0 Tractor Pro-liga 2019—2020 27 0 4 2 — 30 2 2020—2021 6 0 0 0 0 0 6 0 Jami 161 5 12 2 3 0 176 7
Xalqaro Eron Yil Oʻyin Gollar 2012-yil 3 0 2013-yil 1 0 2014-yil 3 0 2015-yil 0 0 2016-yil 0 0 2017-yil 0 0 2018-yil 6 1 Jami 13 1
Manbalar
Havolalar
Mohammad Reza Khanzadeh PersianLeague.com saytida
FFIRI profile
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Eronlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Rah Ahan Tehran F.C. futbolchilari Turkum:Persepolis F.C. futbolchilari Turkum:Zob Ahan Esfahan F.C. futbolchilari Turkum:Foolad F.C. futbolchilari Turkum:Siah Jamegan F.C. futbolchilari Turkum:Shahr Khodro F.C. futbolchilari Turkum:Al Ahli SC (Doha) futbolchilari Turkum:Tractor S.C. futbolchilari Turkum:Eron Pro ligasi futbolchilari Turkum:Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari