Obinze Angelo Ogbonna () () (1988-yil 23-mayda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. Angelo Ogbonna „West Ham United“ futbol klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Dastlab Angelo Ogbonna "Nuova Cassino" futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Shundan soʻng, Angelo Ogbonna 2002-yilda „Torino“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan. Angelo Ogbonna 18 yoshida Alberto Zaccheroni qoʻl ostida A Seriyada debyut qilgan. C1 seriya vakili „Crotone“ futbol klubida ijarada oʻynaganidan soʻng, Angelo Ogbonna „Torino“ klubiga qaytib keldi. Keyin Angelo Ogbonna „Torino“ futbol klubi bilan yana besh mavsum oʻynadi. 2013-yil iyul oyida Angelo Ogbonna „Torino“ futbol klubini tark etib, "Juventus" futbol klubi safiga qoʻshildi. Angelo Ogbonna yangi klubi bilan 2013—2014 va 2014—2015-yillarda Scudettoni, shuningdek, 2013-yilgi Italiya Superkubogi va 2014—2015-yilgi Italiya kubogini qo‘lga kiritdi .
Angelo Ogbonna 2012-yilgi UEFA Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan Italiya milliy futbol terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, Angelo Ogbonna 2016-yilgi UEFA Yevropa chempionatida ham Italiya milliy futbol terma jamoasi safida Italiya sharafini himoya qilgan.
Oʻyin uslubi Angelo Ogbonna kuchli markaziy himoyachi hisoblanadi. Ogbonna birinchi navbatda oʻzining ajoyib jismoniy xususiyatlari bilan tanilgan. Angelo Ogbonna, shuningdek, toʻpni raqibdan tez olib qoʻyish qobiliyati va yaxshi pozitsion tuygʻuga egaligi bilan ajralib turadi. Angelo Ogbonnaning tezligi, texnikasi, toʻpni oʻzida saqlash qobiliyati, maydonni koʻrish qobiliyati va chap oyogʻi bilan yaxshi ishlay olishi tufayli u baʼzan chap qanot himoyachisi sifatida ham tanilgan.
Shaxsiy hayoti Angelo Ogbonna 1983-yilda Nigeriyadan Italiyaga hijrat qilib, mamlakatning markaziy qismidagi Cassino shahrida qo‘nim topgan nigeriyalik oilada tug‘ilgan. Angelo Ogbonna Italiyada tugʻilganiga qaramay, 18 yoshga to‘lganidan keyingina Italiya fuqaroligini olishga muvaffaq bo‘lgan.
2008-yil 22-dekabrda Angelo Ogbonna soat 5:00 atrofida Smart mashinasining boshqaruvini yo‘qotib, ko‘prikdan pastga qulab, avtohalokatga uchradi. Lekin keyin avtohalokatdan tuzalib ketdi.
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiUEFABoshqaJamiDivisionOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarTorino2006—2007Serie A4000———402008—200919040———2302009—2010Serie B31110——303512010—201135020———3702011—201239020———4102012—2013Serie A22010———230Jami1501100——301631Crotone (ijara)2007—2008Serie C122010——20250Juventus2013—2014Serie A16020—60102502014—201525040—1000300Jami41060—7010550West Ham United2015—2016Premier League280510010—3412016—2017200103020—2602017—20183213042——3932018—20192412032——2932019—20203122000——3322020—20212832000——3032021—2022111000000—1112022—202320001070—100Jami1768151114100—21213Jami38993211141706045514
Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Italiya 2011-yil 1 0 2012-yil 4 0 2013-yil 4 0 2014-yil 1 0 2016-yil 3 0 Jami 13 0
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:Juventus F.K. oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar