Cristiano Ronaldo muzeyi yoki "CR7" muzeyi (; talaffuzi: Krishtinau Ronaldu muzeyi) — Portugaliyaning Madeyra orolidagi Funshal shahrida joylashgan va portugaliyalik futbolchi Cristiano Ronaldoga bagʻishlangan muzey. U mahalliy Unian Madeyra futbol jamoasining rasmiy homiysi. Muzey tepasida mehmonxona joylashgan. Muzey oldida braziliyalik haykaltarosh Rikardo Velosa tomonidan yasalgan Cristiano Ronaldoning bronza haykali mavjud.
Tarixi Muzey 2013-yil 15-dekabrda ochilgan. Ochilish marosimida Madeyra mintaqaviy hukumati prezidenti Alberto João Jardim, futbolchilar Pepe va Emilio Butragueno, murabbiy Paulo Bento va model Irina Sheyk ishtirok etdi. Keyinchalik muzey oldida Krishtianu Ronalduning bronza haykali oʻrnatildi.
2016-yil 6-iyun kuni muzey, loyihasi Portugaliyaning Pestana Group sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorligida yaratilgan, qurilayotgan mehmonxona ostida joylashgan oʻsha hududdagi kattaroq binoga koʻchdi. Mehmonxonaning rasmiy ochilish marosimi 2016-yil 1-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Ronaldoning oʻzi, shuningdek, Portugaliya prezidenti Marcelo Rebelo de Sousa va Pestana Group prezidenti Dionisiu Pestana ishtirok etdi. Mehmonxona joylashgan maydon uning ochilishida Cristiano Ronaldo sharafiga oʻzgartirildi.
Eksponatlar Muzeyda sportchining fotosuratlari va videolari, mum haykallari, shuningdek, Cristianoning „Andorinha“, „Nacional“, „Sporting CP“, „Manchester United“, „Real Madrid“, „Juventus“, shuningdek, Portugaliya terma jamoasi kabi jamoalar tarkibida yoshlar va professional darajada olgan barcha mukofotlari namoyish etilgan.
Manbalar
Turkum:Futbol muzeylari