300px|thumb|Argentina va Avstraliya davlatlarining xaritada joylashuvi. Yashil rangda Argentina, sariq rangda Avstraliya koʻrsatilgan. Argentina va Avstraliya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yillar davomida mavjud. Ikkala davlat ham Cairns guruhi, Sharqiy Osiyo-Lotin Amerikasi hamkorlik forumi, G20 va Jahon savdo tashkiloti aʼzolari.

Tarixi Argentina va Avstraliya Ikkinchi jahon urushidan soʻng tezda diplomatik munosabatlar oʻrnatdilar. 1959-yil dekabr oyida ikkala davlat ham doimiy diplomatik vakolatxonalarni ochishga kelishib oldilar. 1962-yilda Argentina Sidneyda diplomatik vakolatxonasini ochgan. 1963-yilda Argentina oʻzining diplomatik vakolatxonasini elchixonaga aylantirdi va uni Kanberraga koʻchirdi. 1964-yilda Avstraliyaning birinchi elchisi Buenos-Ayresda ishonch yorliqlarini topshirgan.

Argentina va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi Folklend urushi paytida (1982-yil aprel — iyun) Avstraliya Birlashgan Qirollik tomonida boʻldi va Argentinaga qarshi sanksiyalar kiritdi va barcha importlarni rad etganEuropean Ending Argentine Imports in Falkland Crisis. Argentina va Avstraliya oʻrtasidagi munosabatlar urushdan keyin asta-sekin normal holatga qaytgan. 1986-yil iyul oyida Prezident Raul Alfonsin Avstraliyaga tashrif buyurgan birinchi Argentina davlat rahbari boʻlgan. Oʻn yildan koʻproq vaqt oʻtgach, 1998-yil mart oyida Prezident Karlos Menem ham Avstraliyaga davlat tashrifi bilan kelgan. Skott Morrison 2018-yilgi G20 Buenos-Ayres sammitida Argentinaga tashrif buyurgan birinchi Avstraliya bosh vaziri boʻlganScott Morrison heads to G20 without scheduled meeting with Donald Trump, The Guardian, November 2018.

Yuqori darajadagi tashriflar right|thumb| Argentina prezidenti Maurisio Makri va Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtayotgan G20 sammitida uchrashdi. 2016-yil sentyabr. Argentinadan Avstraliyaga yuqori darajadagi tashriflar:

Prezident Raul Alfonsin (1986) Prezident Karlos Menem (1998) Vitse-prezident Gabriela Mishetti (2017)

Avstraliyadan Argentinaga yuqori darajadagi tashriflarDFAT: Argentina country brief:

General-gubernator Piter Kosgrouv (2016) Bosh vazir Skott Morrison (2018)

Ikki tomonlama shartnomalar Har ikki davlat bir qancha ikki tomonlama shartnomalarni imzolaganlar, masalan, ekstraditsiya toʻgʻrisidagi shartnoma (1990); Jinoiy ishlar boʻyicha oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi bitim (1993); Investitsiyalarni himoya qilish toʻgʻrisidagi bitim (1997); Foydali qazilmalar savdosi va investitsiya toʻgʻrisidagi bitim (1998); Ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi bitim (2000); Fan va texnologiya boʻyicha kelishuv (2003); Havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim (2005); Ish va dam olish vizalari boʻyicha kelishuv (2011); Yadro energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (2005) va Taʼlim, kadrlar tayyorlash va tadqiqotlar boʻyicha oʻzaro kelishuv memorandumi imzolangan(2017).

2016-yilda 52 996 nafar Avstraliya fuqarosi Argentinaga turizm maqsadida tashrif buyurgan. Xuddi shu davrda 18 775 Argentina fuqarosi Avstraliyada bo‘lgan.

Savdo aloqalari 2016-yilda Argentina va Avstraliya oʻrtasidagi savdo aylanmasi 1,076 milliard AQSh dollarini tashkil etdiTrade between Australia and Argentina. Argentinaning Avstraliyaga asosiy eksporti quyidagilardan iborat: hayvon yemlari, transport vositalari, moyli urugʻlar, yogʻli mevalar va oʻsimlik moylari va yogʻlar. Avstraliyaning Argentinaga asosiy eksporti quyidagilardan iborat: koʻmir, xom sabzavot mahsulotlari, temir yoʻl transporti va teri. Argentinada 50 dan ortiq Avstraliya kompaniyalari ishlagan. 2016-yildan beri Avstraliya firmalari tomonidan Argentinaga taxminan 1 milliard Avstraliya dollari sarmoya kiritilgan.

Doimiy diplomatik vakolatxonalar

Argentinaning Kanberradagi Jon Makyuen uyida elchixonasi va Sidneyda bosh konsulligi borEmbassy of Argentina in Canberra. Avstraliyaning Buenos-Ayresda elchixonasi borEmbassy of Australia in Buenos Aires.

Manbalar

Turkum:Avstraliyaning ikki tomonlama aloqalari Turkum:Argentinaning ikki tomonlama aloqalari Turkum:Avstraliyaning tashqi siyosati Turkum:Argentinaning tashqi siyosati Turkum:Xalqaro munosabatlar