David Grigoryevich Loriya () (1981-yil 31-oktyabrda tugʻilgan) — nafaqadagi qozogʻistonlik futbol darvozaboni, asli gruzin yahudiy, Qozogʻiston Premyer-ligasining „Astana“ klubida ijrochi direktori lavozimida faoliyat yuritadi.

Faoliyati

Erediviziya klublari 2007-yil 14-iyulda Loriya PSV Eyndxovenda bir haftalik sinov jarayonidan oʻtgan. PSV bosh murabbiyi Ronald Kuman Devidning 2006-yilning avgust oyida Qozogʻiston YEVRO saralash bosqichining dastlabki oʻyinida Belgiyaga qarshi 0:0 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda oʻzini koʻrsatganidan keyin sinovga takli qilgan.

2007-yil 24-iyulda u Sparta Rotterdamda ham sinov jarayonini oʻtkazgan. Devid sinovlar davomida yaxshi oʻynagan boʻlsada, hech bir klub uni oʻz safiga qoʻshib olmagan.

Allsvenskan va Halmstads BK 2007-yilda Halmstads BK darvozaboni Magnus Bahne jarohat olgan va mavsumning qolgan qismini oʻtkazib yuborgan. Halmstadda faqat bitta sogʻlom darvozabon bor edi, bu esa klubni mavsumning qolgan qismida yangi darvozabon izlashga majbur qilgan va tanlov Qozogʻistonga chempionatidan boʻlgan. Biroq, uning Skandinaviya boʻylab sayohati uzoq davom etmagan va bor-yoʻgʻi 7 oʻyin oʻtkazib, koʻp oʻtmay ortga qaytgan.

Loriyaning shartnomasi 2014-yilning iyun oyida bekor qilingan va Qarsiyaka bilan shartnoma imzolagan.

Qayrat 2018-yilning 24-avgustida Loriya “Qayrat” klubi bilan 2018-yilgi mavsum oxirigacha erkin agent sifatida shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati Loriya 1999-yilda Nigeriyada boʻlib oʻtgan U21 Jahon chempionatida Qozogʻistonni U21 darajasida himoya qilgan. Oʻn yetti yoshli Devid oʻsha jamoaning eng yosh futbolchisi boʻlgan. U Qozogʻiston kattalar terma jamoasi safida ilk bor 2000-yil 26-mayda Suriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan. 18 yoshida eng yosh futbolchi sifatida rekord oʻrnatgan. Bu rekord besh yildan soʻng Sergey Larin tomonidan yangilangan. Loriya JCh-2002, JCh-2006, Yevro-2008 va JCh-2010 saralash bosqichida Qozogʻiston sharafini himoya qilgan.

Isteʼfo 2019-yilgi mavsum oxirida professional futbol faoliyatini tugatgandan soʻng, Loriya 2020-yil 9-oktyabrda “Astana” FK ijrochi direktori etib tayinlangan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolAvtomobilist1997Qozogʻiston Premyer Ligasi10–––10Zhenis Astana1998Qozogʻiston Premyer Ligasi30 - - -30199970 - - -702000120 - - -1202001220 - - -2202002160 - - -160Jami600------600Esil2003Qozogʻiston Premyer Ligasi70–––70Shakhter Karagandy2004Qozogʻiston Premyer Ligasi350 - - -3502005300 - - -300200600 - - -002007180 - - -1802008290 -20 -310Jami1120--20--1140Astana (loan)2006Qozogʻiston Premyer Ligasi240 - - -240Halmstad (loan)2007Allsvenskan70 - - -70Spartak Nalchik2009Rossiya Premyer Ligasi20 - - -20Lokomotiv Astana (loan)2009Qozogʻiston Premyer Ligasi12030 - - -150Irtysh Pavlodar2010Qozogʻiston Premyer Ligasi320 - - -320201190 -00 -902012140 - - -140Jami550------550Çaykur Rizespor2012—2013TFF Birinchi Liga33000 - - -330Kairat2013Qozogʻiston Premyer Ligasi13000 - - -13020143000 -00 -30Jami16000--00--160Karşıyaka2014—2015TFF Birinchi Liga8000 - - -80Irtysh Pavlodar2015Qozogʻiston Premyer Ligasi29000 - - -290201624000 - - -240201730000 -40 -340Jami83000--40--870Ordabasy2018Qozogʻiston Premyer Ligasi7000 - - -70Kairat2018Qozogʻiston Premyer Ligasi1000 - - -10Okzhetpes2019Qozogʻiston Premyer Ligasi0000 - - -00Karyerada jami428030--60--4370

Xalqaro Qozogʻiston terma jamoasi YilOʻyin Gol 2000 2 0 2001 1 0 2002 0 0 2003 0 0 2004 0 0 2005 4 0 2006 7 0 2007 13 0 2008 6 0 2009 2 0 2010 0 0 2011 2 0 2012 0 0 2013 0 0 2014 0 0 2015 0 0 2016 3 0 2017 6 0 Jami 46 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar