Sebastian Alexander Jung (; 1990-yil 22-iyunda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, 2. Bundesliga vakili „Karlsruher SC“da oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi

Klublardagi faoliyati Jung Bundesligadagi birinchi oʻyinini Frankfurtning „Eintracht“ jamoasida oʻtkazdi. 2009-yilning 8-martida Arminia Bielefeldga qarshi oʻyinda Patrick Ochs oʻrniga (0:0) maydonga tushib professional debyut qildi. Bundesligadagi ilk golini 2010-yil 7-fevralda Signal Iduna Parkda Dortmundning Borussia klubiga urdi. 2010—2011-yilgi mavsumda Frankfurtning asosiy jamoasida asosiy oʻyinchi boʻldi. 2013-yil 4-aprelda shartnomasini 2015-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi.

Jung 2014-yilning 22-mayida VfL Wolfsburgga oʻtdi va 2018-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzoladi. „Wolfsburg“dagi yillik maoshi 4 million yevro ekani xabar qilingandi.

2019-yil 23-iyunda Jung bir yillik shartnoma asosida Hannover 96 jamoasiga qoʻshildiHannover 96 verpflichtet Sebastian Jung aus Wolfsburg, bundesliga.com, 23 June 2019.

Hannoverdagi shartnomasi tugagach, Jung 2020-yil 22-sentyabrda bir yillik shartnoma asosida Karlsruher SCga oʻtdi.

Xalqaro faoliyati Jung Germaniyaning U18, U21 va U21 terma jamoalarida oʻynagan.

2012-yilning 11-noyabrida Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinidan oldin bir qancha oʻyinchilar, jumladan Holger Badstuber va Jérôme Boateng jarohat tufayli maydonni tark etgandi. Shuning uchun Jung 2012-yilning 14-noyabrida birinchi marta Germaniya terma jamoasiga chaqirildi. 1999-yilda Horst Heldtdan keyin terma jamoaga chaqirilgan ilk „Eintracht“ futbolchisi hisoblanadi. Ammo maydonga tushmagan

Oradan deyarli ikki yil oʻtib, 2014-yilning may oyida ikkinchi marta chaqiruvni oldi. Gamburgda Polshaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (0:0) 71-daqiqada debyutant Kevin Vollandn oʻrniga maydonga tushib debyut qildi. Ushbu oʻyin 2014-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati oldidan sinov tariqasida oʻtkazilgandi.

Faoliyat statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiManbaDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarEintracht Frankfurt2008—2009Bundesliga6000—60 2009—201014100—141 2010—201133030—360 2011—20122. Bundesliga33220—352 2012—2013Bundesliga32110—331 2013—20143004061401 Jami1484100611645—Eintracht Frankfurt II2008—2009Regionalliga Süd160——160 2009—201071——71 Jami2310000231—VfL Wolfsburg2014—2015Bundesliga2202060300 2015—20161101040160 2016—20174000—40 2017—20182020—40 2018—20191000—10 Jami40050100550—VfL Wolfsburg II2016—2017Regionalliga Nord30——30 2017—201830——30 2018—201910——10 Jami70000070—Hannover 962019—20202. Bundesliga9010—100 Karlsruher SC2020—20212. Bundesliga7000—70 2020—20212100—21 Jami91000091—Jami faoliyati23661601612687—

Yutuqlari Eintracht Frankfurt

2. Bundesliga Ikkinchi oʻrin: 2011—2012

VfL Wolfsburg

DFB-Pokal : 2014—2015

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar