Srđan Grahovac () (1992-yil 19-sentyabrda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, TFF Birinchi liga klubi " Caykur Rizespor "da himoyakor yarim himoyachisi ampulasida oʻynaydi.
Grahovac oʻzining professional faoliyatini Borac Banja Luka jamosida boshlagan, 2014-yilda Rapid Wienga jamosiga qoʻshilgan. 2017-yilda u „Astana“ jamoasiga ijara asosida qoʻshilgan va keyingi mavsum u jamoa bilan doimiy shartnoma imzolagan. Oʻsha yili u Rijeka jamosiga ijaraga berilgan. Grahovac 2019-yilda Rapid Wien jamosiga qaytgan. Uch yildan soʻng u "Caykur Rizespor "ga oʻtgan.
Bosniya va Gersegovina yoshlar terma jamoasi safida Grahovac 2016-yilda 3 ta oʻyin oʻtkazgan.
Klubdagi faoliyati
Yoshlik yillari Grahovac oʻzining tugʻilib oʻsgan shahrining Borak Banya Lukaning yoshlar akademiyasida tahsil olgan. U 2009-yilning 1-avgustida 16 yoshida Laktashiga qarshi oʻyinda professional futboldagi debyutini oʻtkazgan, 2011-yil 27-fevralda u jamoasi bilan Shiroki Briyeg ustidan g‘alaba qozongan. Oʻyinda u o‘zining birinchi professional golini kiritgan.
Rapid Wien 2014-yilning iyun oyida Grahovac Avstriyaning „Rapid Wien“ jamoasiga nomaʼlum to‘lov evaziga o‘tgan. U jamoadagi rasmiy debyutini 31-avgust kuni „Grödig“ga qarshi oʻtkazgan. 2015-yilning 29-noyabrida u „Rapid Wien“ tarkibida o‘zining birinchi golini „Altach“ga qarshi o‘yinda kiritgan.
2016-yil iyun oyida u shartnomasini 2019-yil iyunigacha uzaytirgan.
Astana 2017-yilning mart oyida Grahovac Qozogʻistonning „Astana“ jamoasiga mavsum oxirigacha ijaraga berilgan. U klubdagi debyutini 1-aprel kuni Qaragandining „Shaxtyor“ klubiga qarshi oʻtkazgan. 16-aprel kuni u jamoasi bilan „Oqjetpes“ ustidan qozonilgan gʻalabada jamoadagi ilk golini kiritgan.
2018-yilning fevralida „Astana“ bilan doimiy shartnoma imzolaganidan so‘ng, u Xorvatiyaning „Rijeka“ jamoasiga bir yilga ijaraga berilgan.
Rapid Wienga qaytish 2019-yil yanvar oyida Grahovac 2022-yil iyunigacha shartnoma asosida Rapid Wien jamoasiga qaytgan. U jamoadagi ilk rasmiy oʻyinini 2-mart kuni " Sent-Polten "ga qarshi oʻtkazgan.
Grahovac klubdagi 100-oʻyinini 30-may kuni „Sturm Graz“ga qarshi oʻtkazgan.
2021-yilning 31-yanvarida u LASKga qarshi o‘yinda „Rapid Wien“ tarkibidagi birinchi golini kiritgan.
Xalqaro faoliyati Grahovac barcha yoshlar darajasida Bosniya va Gersegovina terma jamosini himoya qilgan. U, shuningdek, Vlado Yagodich bosh murabbiyligidagi 21 yoshgacha boʻlganlar jamoa sardori boʻlib 23 oʻyinda maydonga jamoani boshlab tushgan.
2015-yil sentabr oyida u UEFA Yevro-2016 saralash bosqichida Uels va Kiprga qarshi oʻyin uchun birinchi marta kattalae terma jmoasidan chaqiruv olgan. Lekin u Lyuksemburgga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida terma jamoa safida debyut qilgan.
Karyera statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBorac Banja Luka2009—2010Bosniya Premyer Ligasi10030--1302010—2011Bosniya Premyer Ligasi2412000-2612011—2012Bosniya Premyer Ligasi2616020-3412012—2013Bosniya Premyer Ligasi2921021-3232013—2014Bosniya Premyer Ligasi27220--292Jami116614041-1347Rapid Wien2014—2015Avstriya Bundesligasi1303000-1602015—2016Avstriya Bundesligasi26220110-3922016—2017Avstriya Bundesligasi2022090-312Jami59470200-864Astana (Ijara)2017Qozogʻiston Premyer Ligasi26800100-368Rijeka (Ijara)2017—2018Xorvatiya Futbol Ligasi14010--1502018—2019Xorvatiya Futbol Ligasi1201020-150Jami2602020-300Rapid Wien2018—2019Avstriya Bundesligasi802020301502019—2020Avstriya Bundesligasi19010--2002020—2021Avstriya Bundesligasi2712070-3612021—2022Avstriya Bundesligasi23132120-383Jami77282210301094Rizespor2022-20231. Lig4000--40Karyerada jami308203125713039923
Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Bosniya va Gertsegovina 2016-yil 3 0 Jami 3 0
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar