Xvan Xi Chan (; 1996-yil 26-yanvarda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik professional futbolchi, Premyer-liganing „ Wolverhampton“ klubi va Janubiy Koreya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Xvang tajovuzkor oʻyin uslubi va familiyasi tufayli Janubiy Koreyada „Buqa“ (Xvansso) laqabini olgan.

Yoshligi Xvan Xi Chan Chuncheonda tugʻilgan, ammo oilasi u tugʻilganidan soʻng darhol Bucheonga koʻchib oʻtgan. Oʻn bir yoshga toʻlgunga qadar oʻsha yerda yashadi. Xvan Uijeongbu shahridagi Singok boshlangʻich maktabida futbol oʻynashni boshlagan. 2008-yilda Janubiy Koreya milliy yoshlar musobaqasi boʻlgan Xvarangdaegi turnirida va Dongvon yoshlar kubogida eng koʻp gol urgan. Koreyaning 12 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida ham oʻynagan. Kanga kubogida 22 ta gol urib, turnirning yangi rekordini oʻrnatgan. Ushbu musobaqalardagi ajoyib oʻyinlari bilan Janubiy Koreyaning eng yaxshi yosh futbolchilariga beriladigan Cha Bum-kun Football Award mukofoti bilan taqdirlandi. Klublardagi faoliyati

Red Bull Zalsburg 2014-yilning dekabr oyida Pohang Steelers hujumchi Xvan Xi Channi mahalliy futbolchi sifatida jamoasiga qoʻshib olmoqchi edi, biroq Avstriyaning Red Bull Salzburg klubi bilan shartnoma imzoladi. 2016-yilning 3-noyabrida Xvang Liga 1 vakili „Nice“ga qarshi Yevropa ligasi o‘yinida zaxiradan maydonga tushib dubl qayd etdi, jamoasining Yevropadagi ilk g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Avstriya Bundesligasining birinchi mavsumida gol ura olmadi.

RB Leipzig 2020-yilning 8-iyulida Xvang „RB Leipzig“ bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. 12-sentyabr kuni 2020—2021-yilgi DFB-Pokal birinchi davrasida „1. FC Nürnberg“ga qarshi debyut oʻyinida bittadan gol va golli uzatmani amalga oshirdi. Leipzig bilan 2021-yilgi DFB-Pokal finaliga chiqdi, ammo Xvan asosiy tarkibga kiritilmadi, oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi. Germaniya Bundesligasining ilk mavsumida gol ura olmadi.

Wolverhampton Wanderers 2021-yilning 29-avgustida Xvang Premyer-ligaga „Wolverhampton“ ga bir mavsumga ijara asosida o‘tdi. 11-sentabr kuni Xvang „Watford“ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib debyut qildi. Jamoasining 2-goliga mualliflik qildi, 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Keyingi gollarini 2-oktyabr kuni Molineuxda, „Newcastle United F.C.“ga qarshi oʻyinda kiritdi, oʻyinda dubl qayd etdi. Premyer-ligadagi debyut mavsumida beshta gol urdi.

Xalqaro faoliyati 2012-yilgi 16 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Janubiy Koreya chorak finalda ishtirok eta olmadi, biroq Xvang beshta goli (KXDR ga qarshi oʻyinda xet-trik) bilan turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻldi

Faoliyat statistikasi

Klubda

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarFC Liefering (ijara)2014—2015Avstriya 2. Liga132———1322015—2016Avstriya 2. Liga1811———1811Jami3113———3113Red Bull Salzburg2015—2016Avstriya Bundesligasi13010——1402016—2017Avstriya Bundesligasi261262—3235162017—2018Avstriya Bundesligasi20533—14537132019—2020Avstriya Bundesligasi271151—844016Jami8628156—251112645Hamburger SV (ijara)2018—20192. Bundesliga20210——212RB Leipzig2020—2021Bundesliga18053—302632021—2022Bundesliga2010——30Jami20063—30293Wolverhampton Wanderers (ijara)2021—2022Angliya Premyer-ligasi3050010—315Wolverhampton Wanderers2022—2023Angliya Premyer-ligasi1100020—130Jami4150030—445Jami faoliyati1984822930281125168

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Janubiy Koreya 2016 3 0 2017 6 1 2018 12 1 2019 11 2 2020 2 1 2021 9 2 2022 6 2 Jami 49 9

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Janubiy Koreyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisoblar ustuni Xvanning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.

+Xvan Xi Chan tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2017-yil 13-iyun Jassim Bin Hamad stadioni, Doha, Qatar 2-2 2-3 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 2 2018-yil 27-mart Sileziya stadioni, Chorzov, Polsha 2-2 2-3 Doʻstona 3 2019-yil 22-yanvar Rashid stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari 1-0 2-1 ) 2019-yilgi Osiyo kubogi 4 2019-yil 10-oktyabr Xvason stadioni, Xvason, Janubiy Koreya 3-0 8-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 5 2020-yil 17-noyabr BSFZ-Arena, Mariya Enzersdorf, Avstriya 1-0 2-1 Doʻstona 6 2021-yil 9-iyun Goyang stadioni, Goyang, Janubiy Koreya 4-0 5-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 7 2021-yil 11-noyabr Goyang stadioni, Goyang, Janubiy Koreya 1-0 1-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 8 2022-yil 6-iyun Daejon Jahon kubogi stadioni, Daejon, Janubiy Koreya 1-0 2-0 Doʻstona 9 2022-yil 23-sentyabr Goyang stadioni, Goyang, Janubiy Koreya 1-0 2-2 Doʻstona

Yutuqlari Red Bull Salzburg

Avstriya Bundesligasi: 2015—2016, 2016—2017, 2017—2018, 2019—2020 Avstriya kubogi: 2015—2016, 2016—2017, 2019—2020

RB Leipzig

DFB-Pokal 2-oʻrin egasii: 2020—2021

Janubiy Koreya U23

Osiyo oʻyinlari: 2018 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati 2-oʻrin egasi: 2016

Individual

U16 Osiyo chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2012

Eslatmalar

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar