Sergei Zenjov (talaffuzi: Sergey Zenyov; 1989-yil 20-aprelda tugʻilgan) — estoniyalik professional futbolchi, Estoniyaning Flora klubi va Estoniya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Zenjov Estoniyadan tashqari Angliya, Ukraina, Rossiya, Polsha, Ozarbayjon va Qozog‘iston klublarida ham to‘p surgan.

Klubdagi faoliyati

Pärnu Zenjov futbol oʻynashni mahalliy Pärnu klubida boshlagan, u yerda unga Yuriy Ivanov murabbiylik qilgan. U oliy ligadagi debyutini 2005-yilda Pärnu Pataljon safida II liigada oʻtkazgan. Zenjov 2006-yilning 8-martida Vaprus safida oʻynab Meistriliigadagi debyutini qildi va TVMKga qarshi safarda 1:3 hisobidagi magʻlubiyat bilan kechgan ushbu oʻyinda jamoasining yagona golini kiritdi.

TVMK 2006-yil iyul oyida Zenjov Meistriliiga klubi TVMK bilan shartnoma imzoladi. U klubdagi debyutini 23-iyul kuni mehmonda Levadiaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va TVMK raqibiga 1:3 hisobida magʻlub boʻldi.

Karpati Lviv 2008-yil fevral oyida Zenjov Ukraina Premyer-ligasi klubi Karpati Lviv bilan besh yillik shartnoma imzoladi. U klubdagi debyutini 2008-yilning 1-martida Ukraina Premyer-ligasi doirasida Xarkivga qarshi 1:0 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan mezbonlik oʻyinida qilgan. 2008-yil 27-iyulda Zenjov Karpati Lviv klubidagi ilk golini Shaxtarga qarshi o‘yinda (1:1) kiritdi.

Zenjov 2010—2011-yilgi UEFA Yevropa ligasi saralashida ikkita gol urdi. U 2010-yilning 16-sentyabrida Borussiya Dortmundga qarshi o‘z uyida 3:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan uchrashuvda Yevropa ligasidagi debyutini qilgan.

Blackpool 2014-yilning 3-iyulida Zenjov Chempionat klubi Blackpool bilan bir yillik shartnoma imzoladi. U 9-avgust kuni Nottingham Forestga qarshi safar oʻyinida 0:2 hisobida magʻlub boʻlgan holda klubdagi debyutini oʻtkazdi. 2014-yilning 2-dekabrida Zenjov shartnomani bekor qilish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishgach, Blackpoolni tark etdi.

Torpedo Moskva Blackpooldan ketganidan soʻng, Zenjov 2015-yilning 12-yanvarida Rossiya Premyer-ligasining Torpedo Moskva klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi. U Rossiya Premyer-ligasidagi debyutini 2015-yilning 9-martida Amkar Perm klubiga qarshi safarda 0:0 hisobida kechgan oʻyinda o‘tkazgan.

Gabala 2015-yilning 16-iyunida Zenjov ikki yillik shartnoma asosida Ozarbayjon Premyer-ligasining Gabala klubiga oʻtdi. U klubdagi debyutini 2015-yilning 2-iyulida Yevropa ligasi saralashining birinchi o‘yinida Dinamo Tbilisiga qarshi (1:2) o‘tkazdi. 2016-yil 19-mart kuni Zenjov Qarabagʻga qarshi 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan safar oʻyinida Gabalaning 500-golini kiritdi.

Cracovia 2017-yilning 27-iyunida Zenjov Ekstraklasa klubi Cracovia bilan bir yillik shartnoma imzoladi. U Ekstraklasadagi debyutini 2017-yil 15-iyulda Cracovianing 2017—2018-yilgi mavsumdagi birinchi o‘yinida o‘tkazgan va Piast Gliwickiga qarshi kechgan ushbu o‘yinda o‘z uyida 1:1 hisobida durang o‘ynagan.

Xalqaro faoliyati Zenjov xalqaro miqyosdagi ilk faoliyatini 2005-yilda 17 yoshgacha boʻlganlar darajasidagi Estoniya terma jamoasida boshlagan. U 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlganlar darajasidagi milliy terma jamoalarni ham himoya qilgan.

Zenjov Estoniya terma jamoasi safidagi debyutini 2008-yilning 20-avgustida Malta ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘rtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi. U birinchi xalqaro golini 2008-yil 6-sentyabrda, milliy terma jamoadagi ikkinchi oʻyinida kiritdi va jamoasi bilan 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi doirasidagi Belgiyaga qarshi kechgan safar oʻyinida 2:3 hisobida magʻlub boʻldi.

2022-yil 23-sentyabrda Zenjov Millatlar ligasi doirasida Maltaga qarshi kechgan o‘yinda Estoniya terma jamoasi safidagi 100-uchrashuvini o‘tkazdi.

Faoliyat statistikasi

Klub : +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokLiga kubogiYevropaBoshqaJamiDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarPärnu Pataljon2005II liiga1927————1927Vaprus2006Meistriliiga17800———178TVMK2006Meistriliiga12313—20201762007221421—20202815Jami341734—40404521Karpati Lviv2007—2008Ukraina Premyer-ligasi11000———1102008—2009Ukraina Premyer-ligasi28110———2912009—201025310———2632010—201118400—102—2862011—201217120—31—2222012—201310322———1252013—201428920———309Jami1372182—133—15826Blackpool2014—2015Chempionat800010——90Torpedo Moskva2014—2015Rossiya Premyer-ligasi10000———100Gabala2015—2016Ozarbayjon Premyer-ligasi26220—142—4242016—201721640—134—3810Jami47860—276—8014Cracovia2017—2018Ekstraklasa27310———283Faoliyati jami29984186104494036699

Xalqaro : +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Estoniya 2008-yil 3 1 2009-yil 8 2 2010-yil 4 1 2011-yil 6 1 2013-yil 11 2 2014-yil 8 0 2015-yil 8 2 2016-yil 6 1 2017-yil 10 3 Jami 64 13

Xalqaro gollar

2021-yil 8-oktyabr holatiga koʻra. Estoniya hisobi birinchi boʻlib koʻrsatilgan, hisob ustuni Zenjovning har bir golidan keyingi ochkoni koʻrsatadi:

+Xalqaro gollar sanasi, oʻtkazilish joyi, ishtirok, raqib, hisobi, natijasi va musobaqaNo.SanaJoyIshtirokRaqibHisobNatijaMusobaqa12008-yil 6-sentyabrStade Maurice Dufrasne, Lyej, Belgiya21-12-32010 FIFA Jahon kubogi saralashi22009-yil 28-martRespublika stadioni, Yerevan, Armaniston52-12-22010 FIFA Jahon kubogi saralashi32009-yil 6-iyunA. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya7Ekvatorial Gvineya3-03-0Oʻrtoqlik uchrashuvi42010-yil 3-sentyabrA. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya121-01-2UEFA Euro 2012 saralashi52011-yil 6-sentyabrA. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya203-14-1UEFA Euro 2012 saralashi62013-yil 15-noyabrA. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya311-12-1Oʻrtoqlik uchrashuvi72013-yil 19-noyabrRheinpark stadioni, Vaduts, Lixtenshteyn321-03-0Oʻrtoqlik uchrashuvi82015-yil 14-iyunA. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya441-02-0UEFA Euro 2016 saralashi92-0102016-yil 31-avgustPärnu Rannastaadion, Pyarnu, Estoniya511-01-1Oʻrtoqlik uchrashuvi112017-yil 28-martA. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya563-03-0Oʻrtoqlik uchrashuvi122017-yil 12-iyunSkonto stadioni, Riga, Latviya581-12-1Oʻrtoqlik uchrashuvi132017-yil 7-oktyabrEstádio Algarve, Faro/Loulé, Portugaliya613-06-02018 FIFA Jahon kubogi saralashi142021-yil 8-oktyabrA. Le Coq Arena, Tallin, Estoniya902-02-02022 FIFA Jahon kubogi saralashi

Yutuqlari

Individual

Estoniyada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2008, 2010

Manbalar

Turkum:FIFA Century Club Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Estoniyalik erkak futbolchilar