William Butcher () (1995-yil 6-yanvarda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkey himoyachisi. William Butcher hozirda Amerika Xokkey Ligasida (AHL) „Texas Stars“ xzokkey jamoasida oʻynaydi va Milliy Xokkey Ligasining (NHL) „Dallas Stars“ xokkey klubi bilan shartnoma asosida faoliyat olib boradi.
Yoshligi William Butcher 1995-yil 6-yanvarda AQSHning Sun Prairie shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi Joe va Julie Butcherlardir.
Oʻyin faoliyati William Butcher 2013-yildan 2017-yilgacha Denver universitetida xokkey oʻynagan. 2016—2017-yilgi mavsumdagi oʻyinlari uchun William Butcher erkaklar kolleji xokkeyining eng yaxshi oʻyinchisi sifatida Hobey Baker mukofotini qoʻlga kiritdi. William Butcher, shuningdek, NCHC birinchi jamoasi yulduzi, NCHC yilning eng yaxshi oʻyinchisi va 2016—2017-yillar uchun NCHC eng yaxshi himoyachisi deb topildi. William Butcher „Denver“ xokkey jamoasiga 2017-yilgi NCAA chempionatida gʻalaba qozonishga yordam berdi.
2017-yil 27-avgustda NHL erkin agenti sifatida Butcher „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan yillik asosiy maoshi 925 000 dollarga teng ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi.
2019-yil 31-iyulda William Butcher „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan shartnoma muddatini yana uch yilga uzaytirdi. 2020-yil 18-fevralda William Butcher „Devils“ va „St. Louis Blues“ xokkey klublari oʻrtasidagi oʻyinda jarohat oldi. William Butcher 2019—2020-yilgi mavsumda 56 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
„Devils“ klubidagi toʻrtinchi mavsumini yakunlab, har mavsumda uning roli pasayib borgach, Butcher „New Jersey Devils“ xokkey klubi tomonidan 2022-yilda beshinchi raund tanlovi bilan 2021-yil 28-iyulda „Buffalo Sabres“ xokkey klubiga almashtirildi. 2021—2022-yilgi mavsumda Butcher ketma-ket beshinchi mavsumda hujumkor oʻyini pasayganini koʻrdi va „Sabres“ klubi bilan atigi 37 oʻyinda 2 gol va 8 ochko toʻpladi.
„Sabres Buffalo“ xokkey klubi bilan shartnomasini tugatgandan soʻng, William Butcher erkin agent sifatida „Dallas Stars“ xokkey klubi bilan 2022-yil 22-iyulda bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaIshtirokGolAssistOchkoPenaltiIshtirokGolAssistOchkoPenalti2010—2011Madison Capitols 18U AAAT1EHL341020302—————2010—2011Dubuque Fighting SaintsUSHL20220—————2011—2012U.S. NTDP JuniorsUSHL3128104—————2011—2012U.S. NTDP U17USDP46823318—————2011—2012U.S. NTDP U18USDP100222—————2012—2013U.S. NTDP JuniorsUSHL26310132—————2012—2013U.S. NTDP U18USDP671126378—————2013—2014University of DenverNCHC3888168—————2014—2015University of DenverNCHC38414188—————2015—2016University of DenverNCHC399233219—————2016—2017University of DenverNCHC437303718—————2017—2018New Jersey DevilsNHL81539448513402018—2019New Jersey DevilsNHL784263018—————2019—2020New Jersey DevilsNHL56417216—————2020—2021New Jersey DevilsNHL23110112—————2021—2022Buffalo SabresNHL372680—————NHL27516981143451340
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija ishtirok Gol Assist Ochko Penalti 2012-yil Qoʻshma Shtatlar U17 5 0 6 6 2 2012-yil Qoʻshma Shtatlar U18 6 0 0 0 2 2013-yil Qoʻshma Shtatlar U18 7 2 2 4 2 2014-yil Qoʻshma Shtatlar WJC 5 5 2 3 5 2 2015-yil Qoʻshma Shtatlar WJC 5 5 0 1 1 0 2018 Qoʻshma Shtatlar WC 10 1 2 3 0 Oʻsmirlar (jami) 28 4 12 16 8 Kattalar (jami) 10 1 2 3 0
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar