Roman Procházka (; 1989-yil 14-martda Chexoslovakiyada tugʻilgan) — slovakiyalik futbolchi, Polshaning „Spartak“ (Trnava) klubi va Slovakiya terma jamoasi yarim himoyachisi.

Klublardagi faoliyati Roman Procházka oʻz shahrining „Spartak Trnava“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2007-yil 13-mayda (18 yoshida) „Eldus Močenok“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Slovakiya chempionatida debyut qildi. 2012-yilda Roman Procházka Bolgariyaning „Levski Sofia“ jamoasiga oʻtdi. 11-avgust kuni „Chernomorets Burgas“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Bolgariya chempionatida debyut qildi. Mavsum oxirida Roman Procházka „Spartak Tranva“ futbol klubiga ijara asosida qaytdi. 2014-yilning yozida u yana „Levski Sofia“ futbol klubi safiga qoʻshildi. 2-avgust kuni poytaxtning „Lokomotiv“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Roman Procházka jamoadagi ilk golini urgan.

2018-yilning yozida Roman Procházka „Viktoria Plzeň“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 20-iyul kuni poytaxtning „Dukla Praha“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Gambrinus Ligada debyut qildi. 4-avgust kuni „Sigma“ga qarshi bahsda Roman Procházka „Viktoria Plzeň“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan.

2015-yilning 18-iyunida Procházka „Levski Sofia“ futbol klubi bilan yana bir yillik shartnoma imzoladi va u 2016-yilgacha „Levski Sofia“ futbol klubi safida toʻp surgan. Iyul oyida futbolchi „Levski Sofia“ futbol klubi tomonidan „vitse-kapitan“ deb eʼlon qilingan. Unga „Levski Sofia“ futbol klubining 2015—2016-yilgi mavsumdagi „Botev Plovdiv“ futbol klubiga qarshi birinchi oʻyinida sardorlik bogʻichi berilgan. 2017-yilga kelib u ko‘plab gollar urib, „Levski Sofia“ futbol klubining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylangan. Hamda, u koʻplab gollarga assistentlik qilib, 21-asrning ikkinchi oʻn yilligida muxlislar tomonidan eng sevimli oʻyinchi deya eʼtirof etilgan. 2017-yil 1-oktabr kuni Procházka „Cherno More Varna“ futbol klubi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Bu oʻyindan soʻng, futbolchi „Levski Sofia“ jamoasi safida oliy divizionda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan xorijlik futbolchiga aylangan. Procházka 2015-yilning 30-noyabrida „Levski Sofia“ futbol klubi bilan amaldagi shartnomasini yana ikki yarim yilga uzaytirgan. Shu tariqa futbolchi 2018-yilning 31-dekabriga qadar klubda qolgan.

Xalqaro faoliyati 2011-yil 10-avgustda Avstriya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ikkinchi boʻlimda Juray Kutska oʻrniga maydonga tushgan Roman Procházka Slovakiya terma jamoasida debyut qilgan.

Statistika Klublardagi faoliyatiLigaKubokXalqaro turnirBoshqaJamiJamoaMavsumOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSpartak Trnava2006—20075100--512007—20081000--102008—20092800010-2902009—20102935041-3842010—201130341--3442011—20123143071-415Jami124111211220014814Levski Sofia2012—20132107020-300Spartak Trnava (ijara)2013—201431631--347Jami316310000347Levski Sofia2014—201527460--3342015—201633820--3582016—20173082020-3482017—20183355041-426Jami14425220810017426Umumiy faoliyatida299423722030035647

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Slovakiyalik erkak futbolchilar