Kseniya Andreyevna Axantyeva (; 2002-yil 7-oktyabrda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalada qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. Sobiq sherigi Valeriy Kolesov bilan birga 2020-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 2020-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya milliy chempionatining kumush medali sohibi va 2019—2020-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining bronza medali sovrindori boʻlgan.

Faoliyati Axantyeva 2006-yilda konkida uchishni mashq qilgan. 2014-yilda juftlikda konkida uchish boʻyicha birinchi sherigi Valeriy Kolesov bilan birga musobaqalarda qatnasha boshlagan.

2016—2017-yilgi mavsumda Sankt-Peterburgda Vasiliy Velikov murabbiyligida Axanteva/Kolesov juftligi 2016-yil avgust oyining oxirida Chexiya Respublikasining Ostrava shahrida oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasida yettinchi oʻrinni egallagan. Noyabr oyida ular oʻsmirlar oʻrtasidagi Volvo Open Cup musobaqasida qatnashgan va jamoadoshlari Nika Osipova / Aleksandr Galiamovdan keyin ikkinchi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2017—2018-yilgi mavsum Axantyeva/Kolesov juftligi 2017-yil sentyabr oyida Latviyaning Riga shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida oltinchi oʻrindan joy olgan. Bu juftlik yanvar oyida Saranskda boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Rossiya oʻsmirlar chempionatida ham xuddi shunday yakuniy natijaga erishgan. Aprel oyida ular oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdilar.

2018—2019-yilgi mavsum Lyudmila Velikova, Nikolay Velikov va Vasiliy Velikov murabbiyligida mashgʻulotlar oʻtab borgan Axantyeva/Kolesov juftligi oʻz mavsumini avgust oyida 2018-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida boshlagan. Slovakiyaning Bratislava shahrida oʻtkazilgan bosqichda qisqa dasturda ikkinchi, erkin dasturda uchinchi oʻrinni egallab, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Sentyabr oyida juftlik Chexiya Respublikasining Ostrava shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida jamoadoshlari Polina Kostiukovich / Dmitriy Ialinni taxminan toʻrt ochkoga ortda qoldirib, qisqa dasturda ikkinchi va erkin dasturda birinchi oʻrinni egallagan. Ushbu natijalar bilan Axantyeva/Kolesov juftligi 2018—2019-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan va u yerda umumiy hisobda toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2019 Russian Nationals musobaqasida ishtirok etgan va bu musobaqa ularning birinchi kattalar toifasida oʻtkazilgan turniri boʻlgan hamda u yerda oʻninchi oʻrindan joy olgan. Afsuski, Axantyeva oyogʻini sindirib olgani uchun juftlik oʻsmirlar toifasida oʻtkazilgan musobaqani tark etishga majbur boʻlgan.

Dasturlari

Kolesov bilan MavsumQisqa dasturErkin dastur2018—2019 Interstellar Czardas 2017—2018 Tarantella Kung Fu Panda 2016—2017 8½ Kung Fu Panda

Natijalari JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Kolesov bilan Xalqaro Tadbir 16—17 17—18 18—19 19—20 20—21 21—22 Rostelecom kubogi 6 Xalqaro: Oʻsmirlar Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati2 finali 4 3 Chexiya 7 1 Latviya 6 Rossiya 1 Slovakiya 3 4 AQSh 2 Volvo Open Cup 2 Milliy Rossiya chempionati 10 10 WD Kattalar oʻrtasidagi Rossiya chempionati WD 6 WD 2 2 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionati 2 2 WD = musobaqani tark etgan

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar