Tarik Tissoudali (; 1993-yil 2-aprelda Amsterdamda tugʻilgan) — marokashlik futbolchi, „Gent“ futbol klubi va Marokash terma jamoasi vingeri.
Klublardagi faoliyati Tarik Tissoudali Gollandiyaning „Argon“, „Young Boys“ va „Sparta“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanagan. 2014-yilda Tarik Tissoudali „Telstar“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 11-avgust kuni „Ajax“ futbol klubining zaxira oʻyiniga qarshi oʻyinda u Erstediviziyada debyut qilgan. „Twente“ futbol klubiga qarshi bahsda Tarik Tissoudali „Telstar“ jamoasi safidagi birinchi golini urgan. Ikkinchi mavsumida esa u 19 ta gol urgan va jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylangan. 2016-yilning yozida Tissoudali Fransiyaning „Havre“ jamoasiga oʻtgan va u yerda oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun zaxira jamoasida oʻynagan.
2017-yil boshida Tissoudali „Cambuur“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 13-yanvar kuni „VVV-Venlo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 21-yanvar kuni qarshi bahsda Tarik Tissoudali „Cambuur“ futbol klubi safida oʻzining birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan.
Oʻsha yilning yozida Tissoudali „VVV-Venlo“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 12-avgust kuni „SpartaRotterdam“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Erediviziyada debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Tarik Tissoudali „VVV-Venlo“ jamoasi safida ilk golini urgan. 2018-yilning boshida Tissoudali „De Graafschap“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 2-fevral kuni „Utrecht“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Tarik „De Graafshap“ jamoasi safida birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan. 9-aprel kuni „Almere City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u xet-trik qayd etgan.
2018-yilning yozida Tissoudali Belgiyaning „Beerschot“ jamoasiga oʻtgan. 5-avgust kuni „Tubize“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Belgiya ikkinchi divizionida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Tarik Tissoudali „Beerschot“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan. 2020-yilda Tissoudali klubning elitaga chiqishiga yordam bergan. 10-avgust kuni „Oostende“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2021-yil boshida Tissoudali „Gent“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 7-fevral kuni „Eupen“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Tarik Tissoudali „dubl“ni amalga oshirib, „Gent“ futbol klubi safida ilk gollarini urgan. 4-noyabr kuni Yevropa ligasi doirasida Serbiyaning „Partizan“ jamoasiga qarshi oʻyinda u gol urgan.
Xalqaro faoliyati Tissoudali 2021-yilda Kamerunda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan. Turnirda Tarik Tissoudali Gana, Komor orollari, Gabon va Misr jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistikasi JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSV Argon2011—201210――10Jami10000010Sparta Nijkerk2012—20130020―20Jami00200020SC Telstar2014—201537410―3842015—2016361920―3819Jami732330007623Le Havre A. C. II2016—201792――92Jami92000092SC Cambuur2016—201718740―227Jami1874000227VVV-Venlo2017—201811130―141Jami1113000141De Graafschap2017—201816941―2010Jami16941002010K Beerschot VA2018—201934730―3772019—202020520―2252020—2021198――198Jami732050007820K. A. A. Gante2020—202114531―1762021—202234214213451262022—20232110 - -31Jami5026831347133Umumiy faoliyatida2518829413429396
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:2-aprelda tugʻilganlar Turkum:Marokashlik erkak futbolchilar