left|thumb|270x270px| Nagiso shahar hokimiyati Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharda 1751 ta xonadonda 4111 nafar aholi istiqomat qilganNagiso Town official statistics va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 19 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 215,93 kvadrat kilometr (83,37 mil²) ni tashkil etadi. Nagiso Yaponiyaning eng chiroyli qishloqlaridan biri sifatida qayd etilgan.

Geografiyasi Nagiso janubi-gʻarbiy Nagano prefekturasining Kiso vodiysida joylashgan boʻlib, gʻarbda Gifu prefekturasi bilan chegaradosh hisoblanadi. Shahar markazidan Kiso daryosi oqib oʻtadi.

Atrofdagi munitsipalitetlar

Nagano prefekturasi Iida Ōkuva Achi Gifu prefekturasi Nakatsugava

Iqlimi Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Nagisoda oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan boʻladi.

Tarixi Hozirgi Nagiso hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Edo davrida hudud Edoni Kioto bilan bogʻlaydigan Nakasendo avtomagistralidagi bir qator post stansiyasi vazifasini oʻtagan. Yomikaki, Tsumagoi va Tadachi qishloqlari birlashishi natijasida, 1968-yil 1-mayda Nagiso shahrini tashkil etilgan.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraNagiso population statistics, Nagiso aholisi soni soʻnggi 60 yil ichida tez sur`atlarda kamayib bormoqda.

Taʼlim tizimi Nagisoda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabi mavjud shuningdek, Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta yuqori maktab ham faoliyat yurtadi.

Transporti

Temir yoʻl

20x20px JR Tokai — Chūō magistral liniyasi Jūnikane — Nagiso — Tadachi

Magistral yoʻl

Milliy yoʻnalish 19 Milliy yoʻnalish 256

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

Tsumago-juku Midono-juku Hidachi sharsharasi, Yaponiyaning 100 ta mashhur sharsharalaridan biri

Manbalar

Havolalar

Rasmiy sayti

Turkum:Nagano prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Nagiso (Nagano)