Dmitri Olegovich Bulykin (; 1979-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — nafaqadagi rossiyalik futbolchi. 2003—2005-yillar oraligʻida Rossiya terma jamoasida doimiy oʻynagan.

Klublardagi faoliyati

Lokomotiv Moskow Bulykin futbolchilik faoliyatini 1997-yilda Moskvaning „Lokomotiv“ klubida boshlagan. „Lokomotiv“ safida uch yil davomida 94 ta oʻyinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi. Ushbu klub bilan Bulykin kumush (1999, 2000), bronza (1997) va ikki karra Rossiya kubogi (1997, 2000) medallarini qoʻlga kiritgan.

Dynamo Moskow 2001-yilda Bulykin Moskvaning „Dynamo“ klubi bilan shartnoma imzoladi, uch mavsumda asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida koʻrsatdi. Klubda 90 ta oʻyinda jami 29 ta gol urgan. 2003-yilda Rossiya terma jamoasiga taklif qilingan.

Bayer Leverkusen left|thumb|163x163px| Bulykin „Bayer Leverkuzen“ safida 2007-yil 28-avgustda Bulykin Germaniyaning „Bayer“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2007-yil 19-dekabrda klubda UEFA Kubogi doirasida „FC Zürich“ klubi darvozasiga ikkita gol urdi va UEFA tomonidan uchrashuv oʻyinchisi deb eʼlon qilindi. 20-turda Bulykin oʻzining „Bayer“dagi faoliyatida eng tez sariq kartochka olish boʻyicha Bundesliga rekordini yangiladi (12-soniyada). 2007—2008-yilgi mavsumda 19 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib „Bayer“ tarkibida 5 ta gol urdi.

Anderlecht 2008-yil 19-avgustda Belgiyaning „Anderlecht“ klubiga oʻtdi. Mavsumda bor yoʻgʻi 10 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan.

Fortuna Düsseldorf 2009-yilda Bulykin Germaniyaga, bu safar Bundesliga ikkinchi divizioni Fortuna Düsseldorf jamoasiga ijaraga berildi. Jiddiy jarohat tufayli besh oy maydonga tushmadi, mavsumni muvaffaqiyatsiz oʻtishiga sabab boʻldi.

ADO Den Haag Gollandiya Erediviziyasi jamoasi uni 2010—2011-yilgi mavsum uchun ijaraga berishga qaror qildi. 21 ta gol urdi va ADO Den Haag muxlislari orasida mashhur boʻldi. Mavsumdan soʻng ADO Den Haag Bulykinni sotib olishga urinib koʻrdi, biroq kelishuvga erishilmadi va Gollandiyadagi mavsumidan soʻng Anderlechtga qaytdi.

Ajax left|thumb|200x200px| Bulykin „Ajax“ bilan 2011-yil 31-avgustda Ajax Bulykinni Amsterdam klubi tekinga oldi. Bulykin klub bilan yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Debyut oʻyinida raqib PSV Eindhovenga qarshi oʻyinda ikkinchi golni urdi, oʻyin 2:2 hisobida yakunlandi.

Twente „Ajax“ bilan shartnomasi 2012-yilning yozida tugagach va uzaytirilmaganidan soʻng, erkin agent Bulykin bir yillik shartnoma asosida „Twente“ ga qoʻshildi.

Volga Nizhny Novgorod 2013-yilning 18-sentyabrida Bulykin Rossiya Premyer-ligasining „Volga Nijniy Novgorod“ jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati Bulykin Rossiya terma jamoasi safida 2003-yil 9-sentyabrda Yevro-2004 saralashida Irlandiya Respublikasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Rossiyaning Shveysariyaga qarshi keyingi saralash oʻyinida uchta gol urib, oʻzining ikkinchi oʻyinida katta taassurot qoldirdi. Yakunda Rossiya 4:1 hisobida gʻalaba qozonib, final turniriga yoʻllanma oldi.

Faoliyat statistikasi

Klublarda

KlubLigaKubokQitʼaJamiMavsumKlubLigaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar1997Lokomotiv MoscowPremier League20000020199818711442312199926811933612200022341703342001Dynamo MoscowPremier League281022303312200227510002852003288100029820042212000241200581100091200610211001132007—2018Bayer 04 LeverkusenBundesliga14200431852008—2019100000102008—2019R.S.C. AnderlechtPro League10320001232009—2010Fortuna Düsseldorf (ijara)2. Bundesliga10110001112010—2011ADO Den Haag (ijara)Eredivisie3021210032222011—2012AFC AjaxEredivisie199314026102012—2013FC TwenteEredivisie2150070285Jami295862383810355104

Terma jamoada +YilTerma jamoaIshtirokGol1998—2001Rossiya U211112003—2005Rossiya157

Yutuqlari

Klub Lokomotiv Moskva

Rossiya Premyer-ligasi: Ikkinchi oʻrin (kumush), 1999, 2000 Rossiya Premyer-ligasi: 3-oʻrin (bronza), 1998-yil Rossiya kubogi: 1999, 2000

Ajax

Eredivizion: 2011—2012

Individual

Chet eldagi eng yaxshi rossiyalik futbolchi: 2011-yil

Manbalar

Havolalar

Oʻyinchi profili saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar