1995-yilgi UEFA ayollar chempionati 1994-yil 11-dekabrdan 1995-yil 26-martgacha boʻlib oʻtgan, UEFAga aʼzo boʻlgan, musobaqada qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoalar ishtirokida oʻtkazilgan ayollar assotsiatsiyasi futbol turniri edi.

1995-yilgi UEFA ayollar chempionatida Germaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi musobaqadagi uchinchi gʻolibligini qoʻlga kirtidi.

1995-yilgi UEFA ayollar chempionati formati 1995-yilgi UEFA ayollar chempionati saralash bosqichida 29 ta jamoa 8 ta guruhga (tarkibida 3 yoki 4 ta jamoadan iborat) boʻlinib, har bir guruh gʻoliblari chorak finalga yoʻl oldi. Chorak final va nimchorak final bahslarida uy-safar oʻyinlaridan iborat ikki oʻyinli pley-off bosqichida oʻtkazildi. Lekin 1995-yilgi UEFA ayollar chempionati final oʻyinida faqat bitta oʻyin oʻtkazildi va gʻolib UEFA ayollar oʻrtasidagi chempionlik unvoniga daʼvogarlik qildi. 1995-yilgi UEFA ayollar chempionati yarim final oʻyinlaridan biri 1994-yilda oʻtkazilgan va yagona mezbon davlat boʻlmagan boʻlsa-da, 1995-yilgi UEFA ayollar chempionatining bir qismi deb hisoblanadi.

1995-yilgi UEFA ayollar chempionati bir vaqtning oʻzida 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham bajargan.

1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati haqida umumiy maʼlumot 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati ikkinchi marta FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib Shvetsiyada boʻlib oʻtdi va unda birinchi marta Yevropa davlati, Norvegiya ayollar milliy futbol terma jamoasi gʻalaba qozondi. Natijada Norvegiya ayollar terma jamoasi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati kubogini yutgan birinchi Yevropa davlati boʻldi. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltita qitʼa konfederatsiyalaridan jami 12 nafar ayollar terma jamoasi ishtirok etdi. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida 12 ta jamoa toʻrt kishilik uchta guruhga boʻlindi va har bir guruh davra boʻyicha turnir oʻtkazishgan. Guruh bosqichining oxirida har bir guruhdan eng yaxshi natija koʻrsatgan ikki jamoa va ikkita eng yaxshi natija koʻrsatgan uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar chorak finaldan boshlanib, 1995-yil 18-iyunda Råsunda stadionida boʻlib oʻtgan final bilan yakunlangan 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati pley-off bosqichiga yoʻl oldi.

Shvetsiya 1958-yilgi erkaklar FIFA Jahon chempionati va FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan birinchi davlat Yevropa davlati boʻldi.

Avstraliya, Kanada va Angliya terma jamoalari 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida debyut qilishdi. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati, shuningdek, 1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga saralash vazifasini ham oʻtab berdi. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining sakkizta chorak finalchi jamoasi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga taklif qilindi. 1991-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatidan farqli ravishda ayollar oʻrtasidagi ikkinchi Jahon chempionatida oʻyinlar standart 90 daqiqaga uzaytirildi va guruh bosqichidagi gʻalaba uchun uch ochko berildi.

1995-yilgi UEFA ayollar chempionati jamoalari 1995-yilgi UEFA ayollar chempionatida oʻynagan barcha jamoalar uchun 1995-yilgi UEFA ayollar chempionati saralash oʻyinlarida oʻynashgan. Quyida faqat toʻliq 1995-yilgi UEFA ayollar chempionati oʻyinlari keltrilgan.

1995-yilgi UEFA ayollar chempionati oʻyinlari sxemasi

1995-yilgi UEFA ayollar chempionati oʻyinlari

Yarim final

Birinchi davra

Ikkinchi davra Germaniya 6–2 hisobida gʻalaba qozondi (umumiy hisobda).Shvetsiya 7–5 hisobida gʻalaba qozond (umumiy hisobda).

Final

1995-yilgi UEFA ayollar chempionati gʻolibi 1995-yilgi UEFA ayollar chempionati chempioni (3-marta).

1995-yilgi UEFA ayollar chempionatida gol urgan futbolchilar

3 ta gol

Lena Videkull

2 ta gol  Karen Farley Heidi Mohr Birgit Prinz Bettina Wiegmann Ann Kristin Aarønes Anneli Andelén Ulrika Kalte ; 1 gol  Maren Meinert Patricia Brocker Linda Medalen Kristin Sandberg Anita Waage Malin Andersson Helen Johansson ; Avto gol

Louise Waller (Germaniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda)

Yana qarang

UEFA ayollar chempionati Ayollar futboli (futbol)

Manbalar

Havolalar

Ayollar Evro-1995 natijalari — UEFA rasmiy sahifasi RSSSF da natijalar

Turkum:Ayollar futboli