„Young and Beautiful“ – amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Lana Del Rey ijro etgan qoʻshiq. 2013-yilda suratga olingan The Great Gatsby filmi saundtreki oʻlaroq tanilgan.
Qoʻshiq uchun Chris Sweeney rejissyorligida klip olingan. Klip 2013-yilning 10-mayida chiqarilgan.
Young and Beautiful qoʻshigʻi Avstraliya chartlarida yuqori oʻntalik safidan oʻrin olgan. Bundan tashqari, Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi () tomonidan platina sertifikati bilan taqdirlangan. 2013-yilning mayida tarona Billboard Hot 100 chartida 22-pogʻonagacha, Hot Rock Songs chartida esa 3-pogʻonagacha koʻtarilgan.
Yaratilishi Film rejissyori va hammuallifi Baz Luhrmann bilan hamkorlikda Del Rey 2013-yilda Daisy Buchanan nuqtai nazaridan Buyuk Getsbi filmiga moslashtirilgan saundtrek uchun Young and Beautiful qoʻshigʻini yozgan (Note: This article asserts Baz Luhrmann co-wrote the song, but he is not credited as such in either the soundtrack’s liner notes or the film’s credits.).
Catalunya Ràdio eshittirishiga bergan intervyusida Del Rey „Paradise“ albomi uchun uchta yangi qoʻshigʻi borligini aytdi: „I Sing the Body Electric“, „In Land of Gods and Monsters“ va "„Will You Still Love Me When I’m No Longer Young and Beautiful“. Del Rey Catalunya Ràdio eshittirishi davomida Young and Beautiful taronasini kuyladi.
Keyinchalik Baz Luhrmann Del Rey bilan birgalikda Skype orqali intervyu berdi, u yerda Luhrmann „qoʻshiq film topgani uchun biz juda baxtiyormiz“ dedi. Tarona filmdan ancha oldin yozilgan edi.
Luhrmann ikkinchi misraning boshidagi baʼzi soʻzlarni qoʻshiqning demo versiyasida „Will You Still Love Me“ soʻzlari bilan filmga moslashtirib oʻzgartirdi. Shubhasiz, bu har doim turli ommaviy axborot vositalari qiziqishida boʻlib kelgan"Paradise" albomi uchun moʻljallangan edi.
Qoʻshiq zamonaviy radioga singl sifatida chiqarildi va filmning bosh saundtreki sifatida ishlatildi. Trekning bir qismi filmning rasmiy treylerida paydo boʻldi hamda Leonardo DiCaprio va Carey Mulligan tasvirlagan personajlar bir-biriga nisbatan romantik his-tuygʻularini ifoda etgan sahnada ijro etildi.
2013-yil oktyabr oyida Cedric Gervaisning remiksi Universal Germany leybli uchun topshirildi. U 2014-yil 10-yanvarda Universal Music tomonidan Italiyaning zamonaviy xit radiosiga yuborilgan.
Tarkibi Del Rey „Will you still love me when I’m no longer young and beautiful?“ soʻzlari bilan F. Scott Fitzgeraldning „Buyuk Gatsby“ klassik romani qahramonlari duch keladigan oʻziga xosliklarga oʻxshash umidsizlikni qoʻshadi. Del Reyning xayolparast vokallari sedativ torlar va konservalangan perkussiyada ijro etilgan. Yumshoq va maʼyus vokal Del Reyning retro taʼsiriga mos keladi va asar tasvirlaydigan 1920-yillarning atmosferasiga mos keladi. Qoʻshiq matni oshiqni xursand qilish, sogʻinish va qarilikning qorongʻuligi mavzulari atrofida aylanadi.
Videoklipi Young and Beautiful taronasi uchun ishlangan musiqiy video 2013-yil 22-aprelda chiqarilishi kerak edi, biroq rasman 2013-yil 10-mayda premyera qilindi. Klip rejissyori Chris Sweeney, video prodyuseri Adam Smithva Jacob Swan-Hyam, suratga oluvchi esa Sophie Muller boʻlgan. Toʻliq torli orkestr bilan birga Del Rey oʻz qoʻshigʻining Dan Heathning orkestr versiyasini 1920-yillarning art deko uslubida kuylaydi. U qorongʻi xonada yonoqlarida yaltiroq olmos koʻz yoshlari bilan qoʻshiq kuylayotgani tasvirlangan. Billboard jurnalidan Jason Lipshutz videoni „qoʻrqinchli“ deb taʼriflagan va qoʻshiqchining koʻrinishini „ayniqsa shafqatsiz“ degan. Lipshutz shunday xulosaga keldi: "Klip hech qanday xulosaga kelmasdan tugaydi, xuddi shunday ritorik savolga oʻxshab: „Men endi yosh va goʻzal boʻlmaganimda ham meni sevasizmi?“". Spin nashridan Marc Hogan klipni „nafis tarzda oʻylab topilgan, musiqasi kabi muvaffaqiyatga erishadi“ deb taʼriflagan.
Cedric Gervais remiksi uchun yaratilgan videoning tahriri 2013-yil 27-sentyabrda chiqarilgan.
Tijoriy koʻrsatkichlari Amerika Qoʻshma Shtatlarining Billboard Hot 100 roʻyxatida 89-oʻrinda debyut qilgan Young and Beautiful oʻsha paytgacha Del Reyning ikkinchi eng yuqori taronasiga aylandi. Birinchi haftadagi sotuvlarda 48,000 ta boʻldi hamda qoʻshiq 36-oʻrinda Hot Digital Songs chartiga ham kirdi. Keyinchalik qoʻshiq 22-oʻringa chiqib, Del Reyning oʻsha paytdagi eng yuqori chartda turgan qoʻshigʻiga aylanib oldi.
Singl Flo Rida guruhining ijrochisi iRome tomonidan oʻzining „Homicide“ radio hitida namuna sifatida olinib, unda Del Reyning vokallari butun qoʻshiq davomida eshitilib turadi. Young And Beautiful treki uning Qoʻshma Shtatlardagi eng koʻp sotilgan singllaridan biriga aylandi hamda 500,000 martadan koʻp yuklab olindi. Bu esa jonli efirlar uchun sertifikatlangan „Video Games“ taronasi bilan deyarli teng natija edi.
Mukofotlari Yil Mukofot Yoʻnalish Natija Manba 2014-yil Critics' Choice Movie Awards Eng yaxshi qoʻshiq Grammy Awards Vizual media uchun yozilgan eng yaxshi qoʻshiq Satellite Awards Eng yaxshi original qoʻshiq
Chartlar
Haftalik chartlar
Original versiyasi Chart (2013–2014) Oʻrin (Billboard) 2 (RÚV) 30 (The Official Lebanese Top 20) 16
Cedric Gervais remiksi Chart (2014) Oʻrin (Recorded Music NZ) 38
Yillik chartlar Chart (2013) Oʻrin (ARIA) 29 (SNEP) 142 (TopHit) 61 (TopHit) 103 (Official Charts Company) 196 (Alternative Digital Song Sales Billboard) 14 (Dance/Mix Show Airplay Billboard) 45 (Hot Rock Songs Billboard) 21 Chart (2014) Oʻrin (FIMI) 63 (TopHit) 26 (TopHit) 113 (Alternative Digital Song Sales Billboard) 19 (Rock Digital Song Sales Billboard) 41 Chart (2015) Oʻrin (Rock Digital Song Sales Billboard) 50
Chiqarilish tarixi Hudud Sana Format Leybl 22-aprel 2013-yil Raqamli yuklab olish 23-aprel 2013-yil 26-aprel 2013-yil Zamonaviy xit radio Universal 21-may 2013-yil Interscope
Manbalar
Turkum:Buyuk Gatsby Turkum:2013-yil qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Lana Del Rey qoʻshiqlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar