Thomas Marshburn (talaffuzi: Tomas Marshbern 1960-yil 29-avgustda tugʻilgan) — amerikalik shifokor va NASA astronavti. U Xalqaro kosmik stansiyaga uchish boʻyicha, uchta kosmik parvozning faxriysi.

Taʼlim Thomas Shimoliy Karolina shtatining Stateville shahrida tugʻilgan. Thomas1978-yilda Jorjiya shtatining Atlanta shahridagi Xenderson oʻrta maktabini tamomlagan. U 1982-yilda Shimoliy Karolina shtati Devidson kollejida fizika boʻyicha bakalavr darajasini va 1984-yilda Virginia universitetida muhandislik fizikasi boʻyicha magistrlik darajasini oldi. U 1989-yilda Wake Forest universitetida tibbiyot fanlari doktori darajasini va 1997-yilda Texas universiteti tibbiyot filialida tibbiyot fanlari magistri darajasini oldi. Thomas shoshilinch tibbiy yordam boʻyicha oʻqigan va Texas, Massachusetsdagi tez yordam boʻlimida ishlagan.

Maxsus unvonlar va tashkilotlar Thomasning mukofotlari qatoriga NASA Superior Achievement mukofoti (1998), Koinot va hayot fanlari boʻlimining maxsus kosmik parvozlar boʻyicha mukofoti (2003, 2004) va Lyndon B. Johnson kosmik markazining yuqori yutuqlari mukofoti (2004-yil yanvar) kiradi. Thomas Samolyot uchuvchilar uyushmasi, Amerika Favqulodda Tibbiyot Akademiyasi va Aerokosmik Tibbiyot Assotsiatsiyasi aʼzosi.

Tibbiy martaba Tibbiyot maktabini tugatgandan soʻng, Thomas Ohio shtatining Toledo shahridagi Sent-Vinsent kasalxonasining shoshilinch tibbiy yordam dasturida shoshilinch tibbiy yordam boʻyicha taʼlim oldi. Thomas u yerda parvoz shifokori boʻlib ishladi. Uch yillik treningdan soʻng u 1992-yilda Amerika Favqulodda Tibbiyot kengashi tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan. Thomas Vashingtonning Seattle shahrida tez yordam shoshilinch shifokori boʻlib ishlagan. U 1995-yilda Houstondagi Texas universiteti sogʻliqni saqlash fanlari markazida shoshilinch tibbiy yordam rezidenturasida davolovchi shifokor boʻlib ishlagan.

NASA faoliyati 2010-yil may oyida Thomas Aquarius suv osti laboratoriyasida NEEMO 14 missiyasi davomida akvanavt boʻlib xizmat qildi va oʻn toʻrt kun davomida suv ostida yashab, ishladi.

2019-yilda u “Soyuz MS-13 ” va “Soyuz MS-15” ning XKSga uzoq muddatli parvozlari uchun 1-zaxira uchish muhandisi sifatida tanlangan hamda italiyalik astronavt Luca Parmitano va amerikalik-shved astronavti Jessica Meirni qoʻllab-quvvatlagan.

Manbalar

Turkum:Amerikalik fazogirlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:NASA