right|thumb|250x250px| Shovaning Morishita hududi Yaponiyaning Gunma prefekturasida joylashgan qishloq. 2020-yil 1-oktabr holatiga koʻra, qishloqda 2751 ta xonadonda 7228 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi har kvadrat kilometrga 110 nafardan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 64,14 kvadrat kilometr (24,76 mi²) ni tashkil etadi.

Geografiyasi Gunma markazida joylashgan shova qishlogʻi Akagi togʻining shimoli-gʻarbiy yon bagʻirlarida oʻrnashgan boʻlib, u shimol, sharq va gʻarbda Numata shahri bilan va janubda Shibukava shahri bilan chegaradosh. Qishloq hududidan Katashina daryosi va Tone daryosi oqib oʻtadi.

Atrofdagi munitsipalitetlar Gunma prefekturasi

Numata Shibukava

Iqlimi Shova nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi issiq va qishi qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Shovada oʻrtacha yillik harorat 10,4 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1589 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,0 °C, eng past harorati esa yanvarda, −1,6 °C atrofida boʻladiShōwa climate data.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraShōwa population statistics, Shova aholisi soni soʻnggi 60 yil ichida kamaygan.

Tarixi Hozirgi Shova hududi Edo davrida Tokugava syogunati tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri boshqariladigan Kozuke provintsiyasidagi tenryo xoʻjaliklarining bir qismi boʻlgan. 1889-yil 1-aprelda Meidzi tiklanishidan soʻng zamonaviy munitsipalitetlar tizimining yaratilishi bilan Gunma, Kitaseta tumanida Kuroho va Itonose qishloqlari tashkil etildi. 1896-yilda Kitaseta tumani va Agatsuma tumanining bir qismi Tone tumaniga koʻchirildi. Ikkita qishloq 1958-yil 1-noyabrda Shovani tashkil qilish uchun birlashtirildi.

Hukumat Shova toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 12 aʼzodan iborat bir palatali qishloq kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shova, Tone tumanidagi boshqa munitsipalitetlar bilan birgalikda Gunma prefekturasi assambleyasiga bir aʼzodan qoʻshish huquqi mavju. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Gunma 1-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti Anʼanaga koʻra, Shova iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan; ayniqsa bozor bogʻdorchiligi juda mashhur soha hisoblanadi.

Taʼlim tizimi Shova qishlogʻida uchta davlat boshlangʻich maktabi va qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.

Transport

Temir yoʻl Shovada yoʻlovchi temir yoʻl xizmati mavjud emas. Eng yaqin stansiya qoʻshni Numata shahridagi Numata stansiyasi hisoblanadi.

Magistral yoʻl

Jōshin-etsu tekor yoʻnalish- Akagi-Kōgen SA, Shōva IC Galereya

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb -sayt

Turkum:Gunma prefekturasidagi qishloqlar Turkum:Shōva, Gunma