Dubravko Pavličić () (28-noyabr 1967-yil — 2012-yil 4-aprel) — xorvatiyalik futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati Xorvatiya Sotsialistik Respublikasining Zagreb shahrida tugʻilgan Pavličić mahalliy NK Dinamo jamoasida professional futbol oʻynay boshlagan va uch mavsum davomida muntazam ravishda maydonga tushgan. U NK Rijeka bilan yuqori divizion oʻyinchisiga aylangan va unga yangi tashkil etilgan Xorvatiya Birinchi Futbol Ligasida ikkita oltinchi va toʻrtinchi oʻrinni egallashga yordam bergan.
1994-yil yozida Pavličić Ispaniyaga koʻchib oʻtgan va Segunda divizionida „Hércules CF“ bilan shartnoma imzolagan. Keyingi mavsumda jamoa La Ligaga koʻtarilgan. Pavličić 38 oʻyinda 6 ta gol kiritgan. Futbolchi „Barselona“ga qarshi ikkala oʻyinda ham gol urgan (Kamp Nouda 3:2 va uy stadionida 2:1 gʻalaba).
2000-yilgi mavsumda 32 yoshli Pavličić Racing de Ferrol jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati Pavličić Xorvatiya terma jamoasi safida besh yil oʻynab, jami 22 oʻyin oʻtkazgan. Uning debyuti 1992-yilning 8-iyulida Avstraliya bilan oʻtkazilgan. Pavličić UEFA Yevro-1996da ishtirok etgan. Pavličić guruh bosqichining ikkita oʻyinida (Turkiyaga qarshi bir daqiqa, Portugaliyaga qarshi toʻliq oʻyin) maydonga tushgan.
Ilgari Pavličić 1987-yilda Chilida boʻlib oʻtgan FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan 20 yoshgacha boʻlgan Yugoslaviyaning terma jamoasining aʼzosi boʻlgan va turnirning barcha oʻyinlarida maydonga tushgan.
Oʻlimi Pavličich 2012-yil 4-aprelda Elche shahrida 44 yoshida oshqozon osti bezi saratonidan vafot etgan.
Faoliyat statistikasi
Klub statistikasi Klubdgi faoliyatiLigaKubokLiga KubogiQitʼaJamiMavsumKlubLigaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolYugoslaviiaLigaYugoslaviya KubogiLiga KubogiYevropaJami1986—1987Dinamo ZagrebYugoslaviya Birinchi Ligasi1000--101987—19889000--901988—198923131-403021989—199023131-40302NK Rijeka9100--911990—199126050--310XorvatiyaLigaXorvatiya KubogiSuper KubokYevropaJami1992NK RijekaPrva HNL18031--2111992—199328140--3211993—199425082--332IspaniyaLigaCopa del ReyIspaniya Super KubogiYevropaJami1994—1995Hércules CFSegunda Divizión27110--2811995—199630170--3711996—1997La Liga38630--4161997—1998UD SalamancaLa Liga30040--3401998—199918100--1811999—2000Segunda Divizión15020--1701999—2000Racing de Ferrol29200--292DavlatYugoslaviya91311200801105Xorvatiya71111530000864Ispaniya18711170000020411Jami34925435008040030
Xalqaro oʻyinlari Xorvatiya terma jamoasi YilOʻyin Gol 1992-yil 3 0 1993-yil 1 0 1994-yil 3 0 1995-yil 5 0 1996-yil 8 0 1997-yil 2 0 Jami 22 0
Yutuqlari
Hercules CF
Segunda divizioni : 1995—1996
Yugoslaviya U-20
FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati : 1987-yil
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Yugoslaviyalik erkak futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:La Liga oʻyinchilari