Michy Batshuayi-Atunga () 1993-yil 2-oktyabrda Brusselda tavallud topgan. Belgiyalik futbolchi Turkiyaning „Fenerbahçe“ va Belgiya terma jamoasi hujumchisi. 2016-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi. 2018-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori.
Chelsea link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/61/Michy_Batshuayi_v_Burnley.jpg/190px-Michy_Batshuayi_v_Burnley.jpg|thumb|325x325px| Batshuayi Chelsea bilan 2016-yilning 3-iyulida Michy Batshuayi-Atunga 39 million yevro evaziga Angliyaning „Chelsea“ jamoasiga oʻtdi. Shartnoma 5 yil muddatga imzolandi. Klubda „23“ raqami ostida toʻp surgan. 15-avgust kuni „West Ham United“ ga qarshi oʻyinda Michy Batshuayi-Atunga ikkinchi boʻlimda Oskar oʻrniga Angliya Premer-ligasida debyut qildi. Bahs oxirida u gʻalaba golini urgan Diego Kostaga assistentlik qildi. 20-avgust kuni „Watford“ga qarshi bahsda Michy Batshuayi-Atunga „Chelsea“ safidagi ilk golini urdi. 23-avgust kuni Angliya Futbol Ligasi kubogi doirasida „Bristol Rovers“ga qarshi oʻyinda Michy Batshuayi-Atunga „pensionerlar“ safida oʻzining ilk „dubl“ini urdi. Oʻzining debyut mavsumida u klubga chempionlikni qoʻlga kiritishda yordam berdi. 21-may kuni „Sunderland“ga qarshi bahsda Michy Batshuayi-Atunga chempionatdagi ilk „dubl“ini amalga oshirdi. U Angliya Liga kubogi doirasida „Nottingham Forest“ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi. Chempionlar ligasi doirasida Ozarbayjonning „Karabakh“ va Ispaniyaning „Atletico Madrid“ klublariga qarshi kechgan oʻyinda Michy Batshuayi-Atunga gol urdi.
Xalqaro karyerasi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a2/ENG-BEL_%2828%29.jpg/220px-ENG-BEL_%2828%29.jpg|right|thumb| Michy Batshuayi-Atunga Belgiya tarkibida JCh −2018da 2015-yil 28-mart kuni Kiprga qarshi 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinida Michy Batshuayi-Atunga Belgiya terma jamoasida ikkinchi boʻlimda Kristian Benteke oʻrniga maydonga tushdi. Oʻsha oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urdi.
2016-yilning yozida Michy Batshuayi-Atunga jamoasi tarkibida u Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Vengriya va Uels jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi. Vengerlarga qarshi kechgan bahsda Michy Batshuayi-Atunga gol urdi.
2018-yilda Michy Batshuayi-Atunga Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Turnirda u Tunis, Angliya va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Tunisliklarga qarshi kechgan bahsda Michy Batshuayi-Atunga gol urdi.
Manbalar
Havolalar
Profile at the Galatasaray S.K. website
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Belgiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Standard Liège futbolchilari Turkum:Olympique de Marseille klubi futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Borussia Dortmund futbolchilari Turkum:Valencia CF futbolchilari Turkum:Crystal Palace F.C. futbolchilari Turkum:Beşiktaş J.K. futbolchilari Turkum:Fenerbahçe S.K. futbolchilari Turkum:Galatasaray S.K. futbolchilari Turkum:Eintracht Frankfurt futbolchilari Turkum:Abha FC futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Belgiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiya milliy futbol terma jamoasi (21 yoshgacha) erkak futbolchilari Turkum:Belgiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari