Eduard Ayrton Presiado Garsiya () — 1994-yil 17-iyulda Ekvadorning Esmeraldas shahrida tugʻilgan. „Santos Laguna“ klubi va Ekvador terma jamoasi yarim himoyachisi.
Jamoalardagi faoliyati Ayrton Preciado „Deportivo Quito“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yil 17-sentabrda „Imbabura“ bilan oʻyinda u Ekvador Primerasida debyut qildi. Birinchi mavsumida Presiado mamlakat chempioniga aylandi. 2013-yilning yozida u Portugaliyaning „Trofense“ jamoasiga oʻtdi. 10-avgust kuni Ayrton Segunda ligasida Lissabon „Benfica“ oʻrinbosarlariga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2-oktabr kuni „Aves“ga qarshi duelda Presiado „Trofensi“ uchun birinchi golini urdi.
2014-yilning yozida Ayrton „Leixões“ klubiga qoʻshildi. 17-sentabr kuni „Freamunde“ qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. 21-sentabr kuni oʻzining sobiq jamoasi „Trofensega“ qarshi bahsda Presiado klub uchun birinchi golini urdi.
2015-yilning yozida Ayrton „Aucas“ bilan shartnoma imzolab, vataniga qaytdi. 12-iyul kuni „River Plate“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. 23-avgust kuni „Barcelona“ga qarshi duelda Presiado „Aucas“ uchun birinchi golini urdi.
2018-yilning yozida Presiado Meksikaning „Santos Laguna“ jamoasiga oʻtdi. Transfer summasi 6,8 million yevroni tashkil qildi. 6-avgust kuni „Puebla“ga qarshi oʻyinda u Meksika Primerasida debyut qildi. 2019-yilning 17-fevralida „Cruz Azul“ga qarshi duelda Ayrton „Santos Laguna“ uchun birinchi golini urdi.
Xalqaro karyerasi 2017-yilning 23-fevralida Presiado Ekvador terma jamoasi safida Gonduras terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qildi. 2019-yil 10-iyun kuni Meksika terma jamoasiga qarshi duelda Ayrton terma jamoadagi ilk golini urdi.
Statistikasi JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolDeportivo Quito201170——70201280——80201300——00Jami1500000150Trofense2013-1437610Inexistentes386Jami3761000386Leixões2014-15142——142Jami1420000142Aucas2015184——1842016398—20418Jami571200205912C. S. Emelec20173814—8346172018189—612410Jami5623001447027Santos Laguna2018-1926231—2932019-20200020402020-21113—001132021-22124—001242022-2310——10Jami52931205710Umumiy karyerasida231524118425357
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:17-iyulda tugʻilganlar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:Ekvadorlik erkak futbolchilar