Jonathan Fransiskovich Guerreiro (talaffuzi: Jonatan Gerreyro; 1991-yil 3-aprel, Sidney, Avstraliya) — Avstraliya va Rossiya vakili sifatida muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan figurali uchuvchi. 2014-yildan beri Tiffany Zahorski bilan juftlikda raqsga tushadi, u bilan birgalikda Rossiya kubogining ikki karra gʻolibi (2016, 2017), Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori (2018, 2020) boʻlgan. Yekaterina Ryazanova bilan juftlikda 2009-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindoriga aylangan. Yekaterina Pushkash bilan 2011-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medali sohibi boʻlgan.

2021-yil 7-noyabr holatiga koʻra, Tiffany bilan Jonathan juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 20-oʻrinni egallagan.

Faoliyati

Avstraliya vakili sifatida Jonathan Guerreiro 7 yoshida figurali uchishni mashq qila boshlagan va unga Lyapina murabbiylik qilgan. Avstraliyada uning sport juftliklari Kaya Pilts va Rachel Reading boʻlgan. Jonathan Pilts bilan birga 2003-yilgi Avstraliya chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan.

Guerreiro 2004-yilda avstraliyalik sherigi Rachel Reading bilan Moskvaga murabbiylar Yelena Kustarova va Svetlana Alekseyeva guruhida mashgu`lotlar oʻtash uchun Rossiyaga kelgan. Jonathan figurali uchish bilan jiddiy shugʻullanish uchun oilasining maslahati bilan Rossiyaga koʻchib oʻtishga qaror qilganJurnal „Moskovskiy Figurist“ 4/2008.

Rossiya vakili sifatida Guerreironing Rossiyadagi birinchi sherigi Darya Panfilova edi. 2006-yilning yozida murabbiylar Yekaterina Ryazanova bilan juftlikda konkida uchishni taklif qilishdi.

2007—2008-yilgi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichida ikkinchi oʻrinni egallagan juftlik finalga yoʻllanma oldi va u yerda sakkizinchi oʻrinni egalladi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida ular uchinchi oʻrinni egalladi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi oʻzining ilk jahon chempionatida juftlik oltinchi oʻrinni egalladi.

Olimpiya mavsumi oxirida juftlik tarqaldi va Jonathan fransuz figurali uchuvchisi Tiffany Zahorski bilan sport juftligini hosil qildi. U Tiffany bilan 2015-yilgi Rossiya chempionatida debyut qilib, beshinchi oʻrinni egalladi.

Natijalari

T. Zahorski bilan Musobaqalar/mavsum 14/15 15/16 16/17 17/18 18/19 19/20 20/21 Xalqaro Qishki Olimpiya oʻyinlari13 Jahon chempionatlari8 10 Yevropa chempionati6 6 Gran-pri bosqichlari: Rostelecom Cup 5 2 Gran-pri bosqichlari: Xitoy-Audi kubogi4 Gran-pri bosqichlari: Skate America6 3 5 Gran-pri bosqichlari: Trophee de France6 3 5 Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 2 Gran-pri finali 5O. Nepely xotirasi 3 Finlandia Trophy 3 Warsaw Cup 2 1 Zlatna pirueta Zagreba 6 Budapesht turniri 1 Milliy Rossiya chempionati 5 5 5 3 7 3 2 Rossiya kubogi finali 1 1 Rossiya kubogi bosqichlari. III bosqich 1 Rossiya kubogi bosqichlari. IV bosqich 1 Rossiya kubogi bosqichlari. V bosqich 1 1

Y. Pushkash bilan Musobaqa09/1010/11 11/12 12/13 13/14 Xalqaro Gran-pri bosqichlari: Trophee Bompard7 Gran-pri bosqichlari: Rostelecom Cup 7 Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 6 Bavarian Open 2 5 Crystal Skate 2 O. Nepely xotirasi 2 9 Torun Cup 1 Milliy Rossiya chempionati 4 6 8 Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati 3 2 Xalqaro (oʻsmirlar) Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 6 2 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali 5 4 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Yaponiya 2 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Turkiya 2 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Germaniya 1 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Chexiya 1

Y. Ryazanova bilan Musobaqa 06/07 07/08 08/09 Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 6 3 Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati 5 3 1 Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali 8 3 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Ispaniya 1 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Italiya 2 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Germaniya 2 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Ruminiya 9 2 Turnirlar „NRW Trophy“, Dortmund 1

Avstraliya uchun Musobaqa 02/03 Avstraliya chempionati 3

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:3-aprelda tugʻilganlar

Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar