Dominik Livaković () (1995-yil 9-yanvarda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Zagrebning Prva HNL klubi Dinamo Zagreb va Xorvatiya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Livaković 2012/13-yilgi mavsum boshida NK Zagrebning asosiy oʻyinchisiga aylangan. Dastlab klubning ikkinchi darvozaboni sifatida asosan zaxira oʻrindigʻida oʻtirgan, u 2012-yil 31-avgustda ligadagi debyutini oʻtkazgan. Tez orada u klubning birinchi raqamli darvozaboniga aylangan va toʻrt mavsum davomida ligada jami 104 oʻyin oʻtkazgan.

2015-yil 30-avgustda u 2016/17-yilgi mavsum boshida Zagrebning Dinamo jamoasiga oʻtishga rozi boʻlgan. Livaković 2016-yilning 2-oktyabr kuni "Hajduk Split "ga qarshi oʻyinda chempionatdagi debyutini oʻtkazgan. 2016-yilning 18-oktyabr kuni Livaković UEFA Chempionlar ligasida ilk bor „Sevilya“ga qarshi oʻyinda (1:0) maydonga tushgan.

2019-yil 30-iyul kuni Chempionlar ligasi saralash bosqichida Saburtalo Tbilisi jamoasi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Livaković Drajen Ladichning 1995-yilda oʻrnatilgan „Dinamo“da mavsum boshidan gol oʻtkazmasdan eng koʻp daqiqa oʻtkazgan rekordini (413) yangilagan. U mavsumdagi ilk golini uch kundan soʻng oʻtkazib yuborgan.

2020-yil 26-avgust kuni Chempionlar ligasi saralashida CFR Clujga qarshi oʻyinda Livaković Ciprian Deakning tepgan penaltisini qaytargan. Oʻyin qoʻshimcha boʻlimga qadar davom etdi va 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan, oʻyin penaltilar seriyasiga qadar davom etgan. Livaković Katalin Golofkaning zarbasini qaytargan, „Dinamo“ 6:5 hisobida gʻalaba qozongan va uchinchi saralash bosqichiga yoʻl olgan. 2020/21-yilgi Yevropa Ligasi guruh bosqichida Livaković beshta oʻyinda atigi bitta gol oʻtkazib yuborgan va „Dinamo“ni oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallashiga yordam bergan. U 22-oktabr kuni „Dinamo“ning " Feyenoord "ga (0:0) qarshi oʻyinida Stiven Berguisning penaltidan tepgan toʻpini qaytargan. 2021-yil 18-mart kuni Yevropa Ligasi 1/8 finalida „Tottenxem“ga qarshi oʻyinda Livaković 3:2 hisobida gʻalaba qozonishga va Yevropa Ligasining birinchi chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishga yordam bergan.

Xalqaro faoliyati Livaković Xorvatiya terma jamoasiga ilk bor 2016-yilning may oyida Moldovaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun chaqiruv olgan. U Xitoy kubogi-2017da Chiliga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

2018-yil may oyida u Xorvatiyaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun dastlabki 32 kishilik tarkibiga kiritilgan va oxir-oqibat jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilarning oxirgi roʻyhatga kiritilgan. Livaković musobaqada barcha oʻyinlarda maydonga tushgan va finalda Fransiyaga qarshi oʻyinda magʻlub boʻlganidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan. U 2018-yilning 12-oktyabr kuni Rijekadagi „Rujevitsa“ stadionida boʻlib oʻtgan Millatlar ligasining 2018/19 -yilgi mavsumida Angliyaga qarshi debyutini oʻtkazgan.

Lovre Kalinichning yomon oʻyinlaridan soʻng, Livaković 2019-yil 8-iyunda boʻlib oʻtgan Uelsga qarshi 3-turdan boshlab UEFA Yevro-2020 saralash musobaqasida Xorvatiyaning birinchi tanlangan darvozaboni boʻlgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolZagreb2012—2013Prva HNL23010——2402013—2014Druga HNL140———1402014—2015Prva HNL35010——360Zagreb (Ijara)2015—201632030——350Jami104050——1090Dinamo Zagreb II2016—2017Druga HNL10———10Dinamo Zagreb2016—2017Prva HNL2201040—2702017—20183300040—3702018—201921030100—3402019—202026010120104002020—202133010140—4802021—202234010140—4902022—20231000080—180Jami179070660102530Karyerada jami2840120660103630

Xalqaro Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Xorvatiya 2017 1 0 2018 2 0 2019 6 0 2020 7 0 2021 12 0 2022 5 0 Jami 33 0

Yutuqlari NK Zagreb

Druga HNL: 2013/2014

Dinamo Zagreb

Prva HNL: 2017/2018, 2018/2019, 2019/2020, 2020/2021, 2021/2022 Xorvatiya kubogi: 2017/2018, 2020/2021 Xorvatiya Superkubogi: 2019-yil

Xorvatiya

FIFA Jahon kubogi ikkinchi oʻrin: 2018.

Manbalar

Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar