Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shaharchadir. 29-fevral, 2020-yil holatiga koʻra, shaharchada 3701 xonadonda 11153 nafar aholi istiqomat qilganNakayama Town official statistics , aholi zichligi maʼlumotlariga koʻra, 1 km2 ga 360 kishi toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 31,23 kvadrat kilometr (12 mi²).
Geografiyasi Nakayama Yamagata prefekturasining markaziy qismidagi Yamagata havzasining gʻarbiy qismida joylashgan, uning atrofi togʻlar bilan oʻralgan. Shahardan Mogami daryosi oqib oʻtadi.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Yamagata prefekturasi Yamagata Tendo,Yamagata Ōe,Yamagata Yamanobe,Yamagata Saga,Yamagata
Iqlimi Nakayama nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, oʻta issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish mavsumi bu hudud uchun odatiydir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Nakayamada oʻrtacha yillik harorat 11,7 °C ga teng. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1398 mm boʻli, sentyabr eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,6 °C atrofida, eng past harorat esa yanvarda taxminan −1,1 °C kuzatiladiNakayama climate data.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraNakayama population statistics, Nakayama aholisi soʻnggi 50 yil ichida koʻpayishi nisbatan barqarorlikni saqlab kelmoqda.
Tarixi Hozirgi Nakayama hududi qadimgi Deva provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Meidzi davri boshlanganidan keyin hudud Yamagata prefekturasi, Higashimurayama tumani tarkibiga kiritilgan. Nakayama shahri 1954-yil 1-oktyabrda Nagasaki shahrining Mogami qishlogʻi bilan qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan.
Iqtisodiyoti Nakayama iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan.
Taʼlim tizimi Nakayamada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda oʻrta maktablar mavjud emas.
Transporti
Temir yoʻl 20x20px Sharqiy Yaponiya temir yo'l kompaniyasi — Aterazava liniyasi
Uzen-Kanezava — Uzen-Nagasaki
Magistral yoʻl
link=|alt=E48|24x24px Yamagata Tezyurar Yooʻnalishi Milliy Marshrut 112 Milliy Marshrut 485
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb -sayt
Turkum:Nakayama, Yamagata Turkum:Yamagata prefekturasidagi shaharchalar