Emerson Palmieri dos Santos () 1994-yil 3-avgustda tavallud topganFamiliya italyanskogo proisxojdeniya; soglasno pravilam prakticheskoy transkripsii v italyanskom variante budet Palmeri.. Italiyan boʻlgan ammo braziliyada tugʻilgan futbolchi Emerson Palmieri dos Santos "Chelsea" klubi va Italiya terma jamoasi himoyachisi boʻlib, Lionning „Olympic“ klubida ijara asosida oʻynamoqda. Chempionlar ligasi, UEFA Yevropa ligasi gʻolibi. Italiya bilan 2020-yilgi Yevropa chempioni.

Shuningdek, Emerson Palmieri dos Santosning onasi italiyan hisoblanadi. Akasi Jovanni ham professional futbolchi hisoblanadi. Hamda 2017-yilda Emerson Palmieri dos Santos Italiya fuqaroligini olgan.

Xalqaro karyerasi 2011-yilda Braziliyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi bilan Emerson Palmieri dos Santos Ekvadorda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u Venesuela, Chili, Urugvay, Ekvador, Argentina va ikki marta Kolumbiya va Paragvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Shu bilan bir qatorda, chililiklarga qarshi kechgan bahsda Emerson Palmieri dos Santos gol urdi.

Oʻsha yilning yozida Emerson Palmieri dos Santos Meksikada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Shu bilan birgalikda turnirda Emerson Palmieri dos Santos Daniya, Avstraliya, Kot-d’Ivuar, Ekvador, Yaponiya, Urugvay va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2018-yilning 10-sentabr kuni Millatlar ligasi doirasida Portugaliyaga qarshi o‘yinda Emerson Palmieri dos Santos Italiya terma jamoasi safida debyut qildi.

Emerson Palmieri dos Santos 2021-yilda Italiya terma jamoasi bilan EURO-2020 gʻolibi boʻlgan.

Statistika JamoaMavsumLigaMamlakat chempionatiMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSantos F. C.2011001000―102012103000―4020131412010―1712014306220―112Jami1811223000333U. S. C. Palermo2014-1590―00―90Jami9000000090A. S. Roma2015-1681―1000912016-17250―40713612017-1810―100020Jami341006071472Chelsea F. C.2017-1850―2000702018-19100―611102712019-20150―20402102020-2120―70611512021-2210―000010Jami33000171211712Olympique de Lyon2021-22291―0070361Jami291000070361West Ham United F. C.2022-2370―0041111Jami70000041111Umumiy karyerasida13031222623922079

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar