link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4a/Yuza_town_office%2C_Yamagata.JPG/270px-Yuza_town_office%2C_Yamagata.JPG|right|thumb|270x270px| Yuza shahar hokimiyati Yaponiyaning Yamagata Prefekturasida joylashgan hudud. , shahar aholisining populyatsiyasi 4956 ta xonadonda 13615 nafar kishiYuza Town official statistics va aholi zichligi 65 km²/kishiga teng. Shaharning umumiy maydoni 208,38 kvadrat kilometr (80 mi²) ga teng.
Geografiyasi Yuza Yamagata prefekturasining eng shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, shimolda Akita prefekturasi va gʻarbda Yapon dengizi bilan chegaradosh. Shaharning bir qismi Chokai kvazi-milliy bogʻi chegaralarida, shu jumladan Chokai togʻining bir qismiga toʻgʻri keladi.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Yamagata prefekturasi Sakata Akita prefekturasi Yurihonjo Nikaho
Iqlimi Nakayama nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlarga ega, yozi oʻta issiq, qishi esa quruq sovuq boʻlishi kuzatiladi. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻladi, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli holati kuzatiladi. Nakayamada oʻrtacha yillik harorat 11,9 °C. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik yiliga 1906 mm, sentyabr esa eng nam oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,1 °C atrofida, eng pasti esa yanvarda, taxminan 0,3 °C boʻladiYuzaclimate data.
Demografiya Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraYuza population statistics, Yuza aholisi 1950-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va shundan buyon doimiy ravishda kamayib bormoqda. Hozirgi aholi soni bu bir asr oldingi songa qaraganda kamroqdir.
Tarixi Hozirgi Yuza hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi hisoblanadi. Meydzi davri boshlanganidan keyin hudud Yamagata prefekturasining Akumi tumani tarkibiga kiritildi. Yuza qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratilishi bilan tashkil etilgan. 1941-yil 1-aprelda u shahar maqomiga koʻtarildi. 1954-yil 1-avgustda u qoʻshni Inagava, Nishi-Yuza, Varabioka, Fukura va Takase qishloqlarini oʻz ichiga oldi. 2003-yilda u qoʻshni Sakata shahri bilan birlashish boʻyicha munozaralarga qoʻshildi; biroq, birlashish munozaralari 2004-yil 6-oktyabrda yakunlandi, Yuza mustaqil boʻlishni tanladi.
Iqtisodiyoti Yuza iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi va tijorat baliqchiligiga asoslangan.
Taʼlim Yuzada beshta davlat boshlangʻich maktabi, shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi va Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi mavjud. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham faoliayt yuritadi.
Transport
Temir yoʻl 20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Uetsu magistral liniyasi
Yuza — Fukura — Mega
Magistral yoʻl
Nihonkai-Tōhoku Expressway — Yuza Interchange Milliy yoʻnalish 7 Milliy yoʻnalish 345
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Juroku Rakan Iva Chokaizan Omoimi Jinja
Xalqaro munosabatlar
Qardosh shaharlar — qardosh shaharlar
Szolnok, Hungary
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb -sayt
Turkum:Yuza, Yamagata Turkum:Yamagata prefekturasidagi shaharchalar