Ayrishox sutlama ( ) — Sutlamadoshlar (Euphorbiaceae) oilasiga mansub ikki pallali o‘simliklar turi sanaladi. Bu o‘simlik turini 1923-yilda birinchi marta rus botanigi Mixail Grigorevich Popov tomonidan aniqlangan Euphorbia densiuscula Popov — The Plant List .
Sinonimik nomlanishi — Tithymalus densiusculus ( Popov ) Prokh. .
Qisqacha tavsifi
Bo‘yi 5–10 sm orasidagi bir yillik o‘t. Poyasi qisqa, qalin bargli, shoxlangan, hurpaygan qisqa tukli. Barglari etli, teskari tuxumsimon, asosiga qarab ingichkalashib boradi va barg bandiga aylanadi. To‘pguli qalqonsimon, ko‘p marta ayricha ravishda butalaydi. Ko‘sagi tuxumsimon, uch bo‘lakli, yetilmagani qisqa tukli, pishgani deyarli tuksiz. May–iyun oylarida gullaydi, yetiladi.
Tarqatishi Oʻzbekiston endemigi World Checklist of Selected Plant Families: Royal Botanic Gardens, Kew .
Surxondaryo viloyati: Ko‘hitang tizmasida — Bog‘lidara dovonida, Oqtosh qishlog‘i atrofida, Hisor tizmasida — Boysun yaqinidagi Kattaqamish qishlog‘i atroflarida uchratish mumkin. Turkmanistonda ham bu o‘simlik (Kelif atrofida) ko‘zga tashlanib turadi. Gipsli, ola jinslarda o‘sadi.
Muhofaza choralari Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan . Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida turning bir qismi muhofazaga olingan
Manbalar
Turkum:O‘zbekiston Qizil kitobi