Angelo Alessio() (1965-yil 29-aprelda Capaccioda tugʻilgan) italiyalik futbol murabbiy va sobiq futbolchi hisoblanadi.
Oʻyin faoliyati Markaziy yarim himoyachi Alessio oʻzining professional faoliyatini 1984-yilda oʻsha paytdagi A Seriya klubi „Avellino“da boshlagan. Keyin Angelo Alessio 1987-yilda Italiyaning "Juventus" klubi bilan shartnoma imzoladi, u bilan 1992-yilgacha oʻynadi (1988—1989-yillarda „Bologna F.C.“da ijaraga olinganidan tashqari). Angelo Alessio Italiyaning "Juventus" klubi bilan 1990-yilda Italiya kubogini qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng Angelo Alessio B Seriyaning „Cosenza“ klubida oʻyin faoliyatini davom ettirdi. Keyin Angelo Alessio A Seriyaning „Bari“ klubiga oʻtdi. 1997-yilda Angelo Alessio „Avellino“ klubiga (hozirda C1 Seriya) qaytdi. Angelo Alessio 1998-yilda „Modena F.C.“dagi mavsumdan soʻng faoliyatini yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati Nafaqaga chiqqanidan soʻng, Alessio „Napoli“ klubiga murabbiylar shtabi aʼzosi sifatida qoʻshildi (avvaliga yoshlar jamoalarini boshqardi, keyin esa asosiy jamoa yordamchisi sifatida). Keyin Angelo Alessio C2 seriyasining bir qator jamoalarida (Imolese, Massese, SPAL) bosh murabbiy sifatida ishlagan. Biroq „Siena“ klubida Antonio Conte bilan birgalikdagi oʻyinda uning isteʼdodlari haqiqatan ham koʻzga tashlandi.
„Siena“ klubi bilan Conte qoʻl ostida Angelo Alessio B seriyadagi oʻyinlardan soʻng, "Juventus" da oʻzining faoliyatini davom ettirdi. „Juventus“ klubida Alessio ketma-ket uch yil davomida A Seriyada uch marta chempionlik va ikki marta Italiya Superkubogini qoʻlga kiritdi. Shundan soʻng, Angelo Alessio Italiya terma jamoasida oʻzining murabbiylik faoliyatini davom ettirdi. Kontega qoʻshildi. Biroz muvaffaqiyatli muddatdan soʻng va Italiya terma jamoasi UEFA Yevropa chempionatidan chiqib ketganidan keyin, Alessio Italiya bilan xayrlashdi va „Chelsea“ klubida murabbiylik faoliyatini davom ettirdi. 2019-yil yanvar oyida Angelo Alessio bosh murabbiy sifatida shaxsiy faoliyatini boshlash niyatini tasdiqladi va shu bilan Conte bilan uzoq yillik hamkorligini samarali yakunladi.
2019-yil 16-iyun kuni Alessio Shotlandiya Premer-ligasining „Kilmarnock“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Oʻyin uslubi Koʻp qirrali oʻyinchi, Alessio nafaqat yarim himoyaning istalgan joyida, balki butun maydonning deyarli har qanday pozitsiyasida oʻynashga tayyorligi bilan mashhur edi. Odatda Angelo Alessio faoliyatining asosiy qismida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Boshqaruv statistikasi
JamoaMillatQuyidagi sanadan faoliyatini boshlaganQuyidagi sanadan faoliyatini tamomlaganRekordRef.Imolese2004-yil 1-iyun2005-yil 30-iyun1016163947−8023.81Massese2006-yil 1-iyul2007-yil 30-iyun914113239−7026.47SPAL2008-yil 26-fevral2008-yil 30-iyun4431313 +0036.36Kilmarnock2019-yil 16-iyun2019-yil 17-dekabr8682024−4036.36Persija Jakarta2021-yil 10-iyun2022-yil 19-yanvar7852319 +4035.00Umumiy384843127142−15029.46- Yutuqlar ; Avellino
Torneo Estivo del 1986: 1986; Juventus Italiya kubogi: 1989-90 UEFA kubogi: 1989-90
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:US Avellino 1912 futbolchilari Turkum:Juventus F.K. oʻyinchilari Turkum:Bologna FC 1909 futbolchilari Turkum:SSC Bari futbolchilari Turkum:Cosenza Calcio 1914 futbolchilari Turkum:Modena FC 2018 futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:Serie C futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Italiyalik futbol murabbiylar