Martin Erlić ()(1998-yil 24-yanvarda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, A Seriyaning „Sassuolo“ klubi va Xorvatiya terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Sassuolo Parma futbol klubi bankrot boʻlganidan soʻng, Martin 2015-yilda Sassuologa oʻtgan.

Südtirol ijara 2017-yil 31-avgustda Martin C Seriya vakili Südtirol bilan mavsumiy ijara shartnomasiga imzo chekgan. 8-oktyabr kuni u C Seriyadagi debyutini Südtirol tarkibida Padovaga qarshi safar oʻyinida oʻtkazgan. Martin jamosi magʻlubiyatga uchragan oʻyining 70-daqiqasida Filippo Sgarbining oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan. 15-oktyabr kuni u Südtirol uchun birinchi toʻliq 90 daqiqalik oʻyinini oʻtkazgan, jamoa oʻz uyida Santarkanjelo ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozongan. 8-noyabr kuni Martin oʻzining ilk professional golini Südtirol tarkibida safar uchrashuvida Sambenedettese darvozasiga kiritgan va uning jamoasi 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. Martin 30 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma bilan „Südtirol“dagi mavsumiy ijarasini yakunlagan.

Spezia ijara 2018-yilning 10-iyulida Martin B Seriyaning „Speziya“ klubiga bir mavsumlik ijara shartnomasi asosida ijaraga berilgan.

Spezia Jarohat tufayli 2018—19-yilgi mavsumning katta qismini oʻtkazib yuborgan u 2019-yilning 15-iyulida doimiy ravishda Spezia safiga qaytgan.

Sassuologa qaytish 2021-yil 16-avgustda Martin Sassuolo bilan shartnoma imzolagan. Sassuolo jamoasi Martinni 2021—22-yilgi mavsum uchun Speziaga ijaraga bergan.

Xalqaro faoliyati MArtin Xorvatiya terma jamoasidagi debyutini 2022-yil 6-iyun kuni Millatlar ligasi doirasida Fransiyaga qarshi o‘yinda (1:1) o‘tkazgan. Oʻyindan keyin Martinning soʻzlariga koʻra terma jamoada o‘ynash uchun akasining to‘yini o‘tkazib yuborgan.

Shaxsiy hayoti 2020-yil 24-oktyabrda u COVID-19 aniqlangan.

Faoliyat statistikasi

Klub ++ Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami LigaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol Südtirol (Ijara) 2017—18 C seriya 30 1 0 0 — — 30 1 Spezia (Ijara) 2018—19 B seriya 0 0 1 0 — — 1 0 Spezia 2019—20 B seriya 27 0 0 0 — — 27 0 2020—21 A seriya 27 3 1 0 — — 28 3 2021—22 26 2 2 1 — — 28 3 Jami 80 5 4 1 0 0 0 0 84 6 Karyerada jami 110 6 4 1 0 0 0 0 114 7

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Xorvatiya 2022 3 0 Jami 3 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar