Tele2 AB — mobil aloqa diskounteri sifatida taniqli shved telekommunikatsiya kompaniyasi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Stokgolmda joylashgan.
Tarixi Kompaniyaning asosin 1993-yili otasi Gyugo Stenbekning guruhidagi telekommunikatsiya yoʻnalishini rivojlantirishni boshlagan Yan Stenbek tashkil etgan. 1988-yili kompaniya GSM formatida uyali aloqa xizmatin koʻrsatish litsenziyaga ega boʻldi, toʻrt yildan soʻng Shvetsiyada oʻzining birinchi tarmogʻini ishga tushirdi. 1993-yilda hozirgi nomi — Tele2 paydo boʻldi.
1996-yili kompaniya Shvetsiyadan tashqarida oʻz faoliyatini boshlaydi: 1997-2004-yillar oraligʻida Norvegiya, Estoniya, Litva, Germaniya, Avstriya, Shveysariya, Gollandiya, Latviya va boshqa Yevropa mamlakatlarida oʻz tarmoqlarini rivojlantiradi. 2000-yili kompaniya birinchi 3G litsenziyasini oldi, 2009-yili 4G tarmoqlarini qurishni boshladi. 2001-yildan boshlab Tele2 uyali aloqa operatori sifatida Rossiyada ish boshlaydi.
2007-yilning oktabr oyida Tele2 kompaniyasi oʻzining Italiya va Ispaniyadagi boʻlinmalarin Vodafone kompaniyasiga 775 million yevroga sotgani eʼlon qilindi„Kommersantʼ“, „Tele2 prodal podrazdeleniya v Italii i Ispanii“, 8 qazan 2007.
2011-yilning mart oyida Tele2 kompaniyasi oʻzining Qozogʻiston Respublikasidagi chora-tadbirlarin amalga oshirish shartlarini eʼlon qildi. Tele2 mobil aloqa tarmog‘i o‘zining xizmat ko‘rsatishin 24-aprelda Aqto‘be viloyatidan boshladi. 2011-yilning may-iyun oylarida Tele2 qamrov zonasiga Ural, Olmaota, Chimkent va Ostona (shu jumladan yaqin atrofdagi aholi punktlari) kiradi. Hozirgi paytda Tele2ning 3G tarmog‘i Qozog‘istonning barcha viloyat markazlarini qamrab olgan.
Egalari va boshqaruvi Kompaniyaning eng yirik aktsiyadorlari Investment AB Kinnevik (aksiyalarning 47,9%), qolgan aksiyalar erkin muomalada .
Prezident — Mats Granried.
Xizmat doirasi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4f/Map_Tele2.svg/220px-Map_Tele2.svg.png|thumb| yashil rangda — Tele2 operatori boʻlib ishlayabgan mamlakatlar, qizil rangda — ilgari operator boʻlgan mamlakatlar Tele2 xoldingi 2010-yilda Yevropaning 11 davlatida ishladi: Shvetsiya, Norvegiya, Niderlandiya, Germaniya, Avstriya, Xorvatiya, Estoniya, Latviya, Litva, Rossiya va Qozogʻiston 30 million mijozga mobil va turli xizmatlar, Internet va kabel televideniesi xizmatlarini taqdim etdi. TELE2ning litsenziyasi hududida 61 million kishi yashaydi. Bozor strategiyasi — mobil aloqa diskaunteri.
Qozogʻistonda Tele2 2009-yilning dekabr oyida kompaniya „Qozoqtelekom“ davlat telekommunikatsiya operatoridan mahalliy uyali aloqa operatori „Mobil Telekom-Servis“ (MTS) uyali aolqa operatorining 51% aksiyasin sotib olish haqidagi shartnomani imzoladi (shartnoma 2010-yilning mart oyida yakunlangan). Shartnoma qiymati 545 million sved kronasi (76,7 million dollar)ni tashkil etdi (operatorga 360 million krona (50,6 million dollar) investitsiya qilish majburiyati bilan birga). Tele2, shuningdek, Amun Capital xususiy kapital firmasiga tegishli MTSning qolgan 49%ni 5 yilning ichida sotib olish imkoniyatiga ega opsiyonga ega boʻldi. 2012-yilning 29-aprelda Tele2 Atirau viloyatida uyali aloqani ishga tushirdi, shundan soʻng operator Qozogʻistonning barcha hududlarida ishlay boshladi.
Manbalar
Yana qarang
Mobil aloqa
Havolalar
Kompaniyaning rasmiy sayti Tele2-Qozogʻiston rasmiy sayti Turkum:Qozogʻiston shirkatlari