Aleksandr Viktorovich Abt (ruscha: Александр Викторович Абт; 22-oktyabr 1976-yil, , SSSR) — erkaklar oʻrtasidagi yakkalik konkida uchish musobaqalarida qatnashgan sovet va rus figurali uchuvchisi. 2003-yil Rossiya chempionligini qoʻlga kiritgan va 1991-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi vitse-jahon chempioni boʻlgan. Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan qishki Universiadaning bronza medali sovrindori. Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi. 1997 — 1998-yilgi mavsumda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Tarjimayi holi Aleksandr Viktorovich Abt 6 yoshida birinchi marta konkida uchishni boshlagan. Dastlab u bilan murabbiy Sergey Volkov, keyinroq esa Rafael Arutyunyan shugʻullangan. Oʻzining sport faoliyati davomida Aleksandr turli jarohatlarga duchor olgan. Ulardan eng jiddiyini 1996-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan musobaqadagi namoyishlarida olgan. Aleksandr Viktorovichning soʻnggi havaskor turniri 2004-yilgi Rossiya chempionati boʻlib, u yerda olgan jarohati tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan.

1999-yilda Aleksandr rossiyalik figurali uchuvchi (muz ustida raqs) Yelena Pavlovaga uylandi. Er-xotinning 2000-yil mart oyida dunyoga kelgan Makar ismli oʻgʻli bor. Hozir oila AQShning New Jersey shtatida istiqomat qiladi. Aleksandr va Yelena mahalliy muz maydonchasida mashq qilishadi.

2008-yilda Aleksandr Rossiya televideniyesining „Birinchi kanal“ ida efirga uzatilgan „Muzlik davri-2“ (Lednikoviy period-2) nomli koʻrsatuvida ishtirok etgan va u yerda aktrisa Anastasiya Makeeva bilan chiqish qilgan.

Natijalari

1998-yildan keyin Musobaqalar \ Fasllar 1998 — 1999 1999 — 2000 2000 — 2001 2001 — 2002 2002 — 2003 2003 — 2004 Qishki Olimpiya oʻyinlari 5 Jahon chempionatlari 6 8 4 Yevropa chempionati 4 4 2 Rossiya chempionati 3 3 2 1 Gran-pri finali 5 4 4 Gran-pri bosqichlari: Rossiya kubogi 3 2 3 6 Gran-pri seriyasi bosqichlari: NHK Trophy 5 Gran-pri seriyasining bosqichlari: The Bofrost Cup on ice 2 4 4 2 Gran-pri seriyasining bosqichlari: Skate America 7 5 3 2

1998-yilgacha Musobaqalar \ Fasllar 1990 — 1991 1992 — 1993 1993 — 1994 1994 — 1995 1995 — 1996 1996 — 1997 1997 — 1998 Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 2 7 8 Yevropa chempionati 3 Rossiya chempionati 4 4 18 7 4 Gran-pri seriyasi bosqichlari: NHK Trophy 8 Gran-pri seriyasining bosqichlari: The Bofrost Cup on ice 3 Gran-pri seriyasining bosqichlari: Skate America 3 3 Nebelhorn kubogi 3 3

Filmografiyasi 2008-yil — Jarkiy lyod — Maksim Voronin Manbalar

Yana qarang

Figurali uchish boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 1993-yil 2002-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida figurali uchish — yakkalik (erkaklar)

Havolalar

Rasmiy sayt A. Abta )

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:22-oktyabrda tugʻilganlar