Rosa acicularisMuhofaza qilish holatiLeast Concern (IUCN 3.1)Maiz-Tome, L. (2016). "Rosa acicularis". IUCN Red List of Threatened Species. 2016: e.T64323755A67730697. Retrieved 17 April 2022.Ilmiy tasnifi Kingdom:PlantaeClade:TracheophytesClade:AngiospermsClade:EudicotsClade:RosidsOrder:RosalesFamily:RosaceaeGenus:RosaSpecies:R. acicularisBinomial nomiRosa acicularisLindl.Kichik turlari R. a. subsp. acicularis R. a. ssp. a. var. nipponensis (Crép.) Koehne R. a. subsp. sayi (Schwein.) W.H.Lewis Sinonimlar"Rosa acicularis". Germplasm Resources Information Network (GRIN). Agricultural Research Service (ARS), United States Department of Agriculture (USDA). Retrieved 17 December 2017. Rosa baicalensis Turcz. ex Besser Rosa carelica Fr. Rosa gmelinii Bunge Rosa nipponensis Crép.
Rosa acicularis — rosaceae oilasiga mansub gulli o'simliklar qatoriga kiradi. Odatda tikanli yovvoyi gul, tikanli atirgul, tukli gul, yovvoyi gul yoki Arktika atirguli deb ham nomlanadi. Bu Osiyo Yevropa va Shimoliy Amerikaning shimoliy hududlarida golarktik tarqalgan yovvoyi atirgulning bir turi hisoblanadi.
Tavsifi Rosa acicularis - 1-3 metr balandlikda o'sadigan bargli buta hisoblanadi. Barglari qarama-qarshi joylashgan bo'lib, 7-14 sm uzunlikda, uchdan ettigacha yaproqlar joylashgan. Barglarining shakli tuxumsimon, chetlari tishli (tishli) tuzilgan. Gullar pushti (kamdan-kam hollarda oq), diametri 3,5-5 sm, kesib ko'rilganda, rangi qizil, nok shaklida tuxumsimon, diametri 10-15 mm kattalikda bo'ladi. Uning tabiiy yashash joylariga chakalakzorlar, soy bo'ylari, qoyali toshlar va o'rmonli tepaliklar hisoblanadi.
Ushbu atirgul turining ploidligi o'zgaruvchan bo'ladi. Botanika ilmiy-tekshirish instituti olimlari uni Shimoliy Amerikada tetraploid va geksaploid (subsp. sayi) va Yevrosiyoda oktoploid (subsp. acicularis), jumladan, Xitoyda sanab o'tgan. Shimoliy qutb tekisliklarida o'sadigan turlarining genetikasi odatda tetraploid hisoblanadi. Yukonda geksaploid populyatsiyalari mavjud.
Shimoliy Amerikada tarqalishi Shimoliy Amerika tekisliklarida bu mahalliy atirgul turi Albertaning viloyatining mahalliy gulidir. Bu Kanada Prairiya provinsiyalarining Parklend hududida Rosa Woodsii (Vuds atirgullari) kabi turi keng tarqalgan emas va Shimoliy Amerikaning shimoliy boreal o'rmonlarida Rosa Woodsii kabi keng tarqalmagan.
Foydalanishi Qishgacha o'simlik tanasida saqlanib qolinadigan moddalar A va C vitaminlari bo'lib yuqori samaraga ega ekanligi haqida ma'lumotlar mavjud. Mahalliy amerikaliklar barglardan choy va salat tayyorlashadi va tamaki chekish uchun ichki qobig'idan foydalanishadi. Bu o'simlikdan parfyum ham ishlab chiqarilish keng yo'lga qo'yilmoqda.
Yana qarang
Rosa turlari ro'yxati
Manbalar
Turkum:Biologiya Turkum:Botanika Turkum:Oʻsimliklar Turkum:Gullar Turkum:Atirgullar Turkum:Shimoliy Amerika florasi Turkum:Osiyo oʻsimliklari Turkum:Yevropa oʻsimliklari Turkum:Kanada o‘simliklari