Shimoliy Irlandiya ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbolida Shimoliy Irlandiya sharafini himoya qiladi. Shimoliy Irlandiya ayollar milliy futbol terma jamoasi faoliyati Irlandiya futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Koʻpgina ayollar milliy futbol jamoalari suveren davlatni ifodalashsa ham, FIFA nizomlari Shimoliy Irlandiyaga Buyuk Britaniyaning Birlashgan Millatlar Hamdoʻstligi aʼzosi sifatida barcha yirik turnirlarda qatnashadigan oʻz milliy jamoasini tuzishga va uni qolishga ruxsat bergan. Lekin bu tur xalqaro musobaqalar safiga ayollar oʻrtasidagi Yozgi Olimpiada futbol turniri kirmaydi. (FIFAdan mustaqil faoliyat olib borganligi uchun). Boshqacha aytganda Shimoliy Irlandiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzlari alohida milliy terma jamoasi sifatida ishtirok eta olmaydi, balki Birlashgan Qirollik tarkibida qatnashishlari mumkin, xolos.
Shimoliy Irlandiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilda Angliyada boʻlib oʻtadigan UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatiga yoʻllanma olgan. Shimoliy Irlandiya ayollar milliy futbol terma jamoasi UEFA reytingida Yevropa miqyosida eng past (27-oʻrin) oʻrindagi jamoa hisoblanadi.
2021-yilning sentabrida Shimoliy Irlandiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Yevro-2022 (2022-yilgi UEFA ayollar o`rtasidagi Yevropa chempionati) oldidan toʻliq vaqtli professional tarkibni qabul qilganini eʼlon qildi.
Oʻyinchilar
Hozirgi tarkib 2022-yilgi UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun Shimoliy Irlandiya ayollar milliy futbol terma jamoasiga quyidagi 23 nafar futbolchi chaqirilgan. Oʻtkazilgan oʻyinlar va gollar statistikasi 2022-yil 23-iyun holatiga koʻra, Belgiya terma jamoasiga qarshi oʻyindan keyingi natijaga koʻra, berilgan.
Jahon rekordi Shimoliy Irlandiyalik Simone Magill ayollar futbolida eng tezkor xalqaro gol boʻyicha jahon boʻyicha eng yaxshi natijani oʻrnatdi. Ilgari amerikalik hujumchi Alex Morgan oʻyin boshlanishi bilan oʻn ikki soniyada gol urib rekord oʻrnatgan edi. Magill 2016-yilning 3-iyunida Yevropa saralash oʻyinlarida Gruziya ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻyin boshlanishi bilan oʻn bir soniyada gol urib ushbu xalqaro rekordni yangiladi. Irlandiya futbol assotsiatsiyasi uni maxsus kubok bilan taqdirladi. Bu gol, shuningdek, Shimoliy Irlandiya milliy terma jamoalari: ham erkak ham ayol jamoalari hisobiga koʻra ham eng tezkor xalqaro gol hisoblanadi.
Xalqaro musobaqalarda Shimoliy Irlandiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Shimoliy Irlandiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Shimoliy Irlandiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi 1991-yil Saralashdan oʻta olmadi 1991-yilgi UEFA chempionati 1995-yil Kiritilmadi 1995-yilgi UEFA chempionati 1999-yil Kiritilmadi 2003-yil 2007-yil Saralashdan oʻta olmadi 6 2 1 3 7 11 −4 2011-yil 10 3 2 5 8 16 −8 2015-yil 10 1 2 7 3 19 −16 2019 8 1 0 7 4 27 −232023-yil Aniqlanmoqda Jami 0/9 - - - - - - - 34 7 5 22 22 73 −51
UEFA ayollar chempionati UEFA ayollar chempionatida Shimoliy Irlandiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Shimoliy Irlandiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar1984-yil Saralashdan oʻta olmadi 6 0 0 6 5 21 1987-yil 6 0 0 6 2 35 1989-yil Kiritilmadi Kiritilmadi 1991-yil Saralashdan oʻta olmadi 4 0 0 4 1 21 1993-yil Kiritilmadi Kiritilmadi1995-yil1997-yil 2001-yil 2005-yil 2009-yil Saralashdan oʻta olmadi 11 2 1 8 11 28 2013-yil 10 3 2 5 12 15 2017-yil 8 2 1 5 10 22 2022 Guruh bosqichi 3 0 0 3 1 11 10 6 2 2 21 18 Jami 13/13 3 0 0 3 1 11 55 13 6 36 62 160
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayt FIFA profili