„Dynamite“ — Janubiy Koreyaning „BTS“ oʻgʻil bolalar guruhining 2020-yil 21-avgustda chiqarilgan qoʻshigʻi. Qoʻshiq AQSHning Billboard Hot 100 chartlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egallab, AQSh chartidagi koreys guruhining eng yuqori oʻrinni egallagan xiti boʻlgan.
Ushbu qoʻshiqning YouTubeʼdagi videosi dastlabki 24 soat ichida 101,1 million marta koʻrilgan, bu ushbu platforma uchun mutlaq rekord boʻlib, „Guinnes rekordlar kitobi“ ga kiritilgan.
„Dynamite“ guruhning toʻliq ingliz tilida yozilgan birinchi qoʻshigʻidir.
Tijoriy muvaffaqiyati „Dynamite“ qoʻshigʻi AQShning Billboard Hot 100 chartlar roʻyxatida birinchi oʻrinda debyut qilgan. „BTS“ guruhi „Hot 100“ roʻyxatining eng yuqori pogʻonasida debyut qilgan birinchi janubiy koreyalik ijodkorga aylangan. Shuningdek, „Dynamite“ 265 000 nusxada yuklanib, Billboard Digital Song Sales chartida birinchi oʻrinni egallagan. Bu yuklanishlar soni 2017-yilda 353 000 tani tashkil etgan Taylor Swiftning „Look What You Made Me Do“ qoʻshigʻidan keyingi birinchi haftaning ulkan natijali ko‘rsatkichdir.
Mukofotlar va nominatsiyalar 63th Grammy Awards marosimida „Dynamite“ qoʻshigʻi „BTS“ guruhiga birinchi bor „Best Pop Duo/Group Performance“ (Eng yahshi guruh ijrosi) Grammy nominatsiyasini qoʻlga kiritishga hissa qoʻshgan va ular Recording Academy akademiyasi tomonidan tan olingan birinchi K-pop ijrochisiga aylangan. Trek Billboard Digital Songs chartida 1-oʻrinni uzoq haftalar davomida egallab turgani uchun rekordlar kitobiga kiritilgan. Shuningdek, qoʻshiq Janubiy Koreyada 32 ta musiqiy shou gʻolibligi boʻyicha rekord oʻrnatgan. +Izoh Jahon rekordi oʻrnatilgan +„Dynamite“ qoʻshigʻining jahon rekordlari Yil Tashkilot Sovrin 2020 Guinness rekordlar kitobi24 soat ichida YouTube da eng koʻp tomosha qilingan musiqiy video 24 soat ichida YouTube da eng koʻp tomosha qilingan musiqiy videoYouTube da eng koʻp koʻrilgan K-pop janridagi musiqiy videoYouTube da bir vaqtning oʻzida eng koʻp tomoshabinlarga ega boʻlgan musiqiy video YouTube da eng koʻp koʻrilgan premyera videosi 2021 US Hot 100-da eng koʻp haftani egallagan K-pop janridagi qoʻshiq Billboard Digital Songs chartida 1-oʻrinni uzoq haftalar davomida egallab turgani uchun „Dynamite“ qoʻshigʻi uchun musiqiy koʻrsatuvlar mukofotlari+ Koʻrsatuv Kanal Sana Show! Music Core MBC 29-avgust, 2020-yil 5-sentyabr, 2020-yil 2020-yil 12-sentyabr 19-sentabr, 2020-yil 26-sentyabr, 2020-yil 2020-yil 10-oktyabr 17-oktyabr, 2020-yil 31-oktyabr, 2020-yil 7-noyabr, 2020-yil 14-noyabr, 2020-yil Inkigayo SBS 30-avgust, 2020-yil 2020-yil 6-sentyabr 13-sentyabr, 2020-yil Show Champion MBC M 2-sentyabr, 2020-yil 9-sentabr, 2020-yil 16-sentyabr, 2020-yil Music Bank KBS 4-sentabr, 2020-yil 11-sentyabr, 2020-yil 18-sentabr, 2020-yil 25-sentyabr, 2020-yil 2-oktyabr, 2020-yil 9-oktyabr, 2020-yil 13-noyabr, 2020-yil 20-noyabr, 2020-yil 27-noyabr, 2020-yil 4-dekabr, 2020-yil 2020-yil 11-dekabr 25-dekabr, 2020-yil 2021-yil 1-yanvar 2021-yil 8-yanvar 2021-yil 26-fevral 2021-yil 5-mart
Manbalar
Havolalar
Turkum:2020-yil qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:BTS qoʻshiqlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar