Romario Andrés Ibarra Mina () 1994-yil 24-sentabrda Ekvadorning Atuntaki shahrida tugʻilgan. Ekvadorlik futbolchi „Pachuca“ klubi va Ekvador terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Renato Ibarraning ukasi.

Jamoalardagi faoliyati Ibarra oʻz faoliyatini „LDU Kito“da boshlagan. 2013-yil 24-avgustda „Deportivo Kito“ga qarshi oʻyinda u Ekvador chempionatida debyut qildi.

2014-yil boshida Romario Katolika universiteti jamoasiga koʻchib oʻtdi. 8-fevral kuni „El Nacional“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. 4-may kuni „Manta“ga qarshi bahsda Ibarra „Katolika Universidad“ safida oʻzining birinchi golini urdi.

2018-yil iyul oyida Ibarra MLS klubi „Minnesota United“ga oʻtdi. U Shimoliy Amerika chempionatidagi debyutini 22-iyul kuni „Los-Angeles“ FKga qarshi oʻtkazdi. 11-avgust kuni „Los Angeles Galaxy“ga qarshi oʻyinda u „Minnesota United“ safida ilk golini urdi.

2019-yil 21-may kuni „Minnesota United“ Ibarrani Meksikaning „Pachuka“ jamoasiga muddati tugagandan keyin sotib olish sharti bilan 13 oyga ijaraga berdi. Liga MXda u 20-iyul kuni „Leon“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. 16-avgust kuni „Puebla“ga qarshi oʻyinda u Meksika chempionatidagi ilk golini urdi. 2020-yil 1-iyulda „Pachuca“ Ibarrani „Minnesota United“dan sotib oldi.

Xalqaro karyerasi 2017-yil 6-oktabr kuni JCh-2018 saralashida Chiliga qarshi o‘yinda Ibarra Ekvador terma jamoasida debyut qildi. Oʻsha oʻyinda Romario terma jamoadagi ilk golini urdi.

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolUniversidad Católica2011101020127070Jami80000080Liga Deportiva Universitaria20137070Jami70000070Universidad Católica2014344003442015271102812016242202622017337313682018131—131Jami13115006113716Minnesota United20189300932019820082Jami1750000175Pachuca C. F.2019-20204212252020-21192—1922021-22324—3242022-2381——81Jami791121008112Umumiy karerasida24231216125033

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ekvadorlik erkak futbolchilar