Li Kan In (2001-yil 19-fevralda tugʻilgan) — janubiy koreyalik professional futbolchi, Fransiya 1 ligasining „Paris Saint-Germain“ klubi va Janubiy Koreya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Li 2019-yilda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lgan, xuddi shu yili u FIFA U-20 Jahon chempionatining 2019-yilgi „Oltin to‘p“ sovrinini qo‘lga kiritgan.
Klubdagi faoliyati
Valensiya B Li Valensiya akademiyasiga 2011-yilning iyul oyida qoʻshilgan. 2017-yilning 15-dekabrida u „Valensiya B“ (Mestalya) jamoasiga chaqirilgan. U 2017-yilning 21-dekabrida Deportivo Aragon bilan o‘yinda 82-daqiqada zahiradan maydonga tushib oʻz debyutini o‘tkazgan.
U 2018-yilning 17-fevralida „Llagostera“ga qarshi o‘yinda 76-daqiqada maydonga tushib golga assistentlik qilgan. U oʻzining birinchi golini 2018-yilning 6-mayida Sabadellga qarshi oʻyinda kiritigan.
Valensiya
2018-19-yilgi mavsum U 2018-yil 30-oktabrda jamoadagi debyutini o‘tkazgan, u Qirol kubogida Ebro ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda 83 daqiqa maydonga tushgan va Yevropada professional debyut qilgan eng yosh koreyalik futbolchiga aylangan.
Li La Ligadagi debyutini 2019-yilning 12-yanvarida o‘tkazgan va 2018/19- yilgi mavsumda „Real Valyadolid“ga qarshi o‘yinda (1:1) 86-daqiqada Denis Cherishev o‘rniga maydonga tushgan. 17 yosh, 10 oy va 24 kunligida Li 16 yosh, 11 oy va 24 kunligida debyut qilgan „Real Sosedad“dan Ander Barrenetxeadan keyin 18-19 La Ligada ikkinchi eng yosh futbolchiga aylangan.
2019-yilning 30-yanvarida Li 16-raqamli libosni qabul qilib, „Valensiya“ning asosiy jamoasiga rasman qo‘shilgan.
2020-yil 13-sentabrda Li La Liga o‘yinida „Levante“ ustidan jamoasi 4:2 hisobida g‘alaba qozonilgan oʻyinda ikkita golga assistentlik qilgan shu tariqa u 19 yoshu 207 kunlik eng yosh futbolchi bo‘lgan va 2008-yilda Xuan Mataning oldingi rekordini yangilagan.
Li 2021-yilning 29-avgustida „Valensiya“ bilan shartnomasini bekor qilgan.
Mallorca 2021-yil 30-avgust kuni La Liganing boshqa bir jamoasi „Mallorca“ Lining erkin agent sifatida jamoaga qoʻshilganligini tasdiqlagan va to‘rt yillik shartnoma imzolagan. 2021-yil 22-sentyabrda u La Liga doirasidagi „Real Madrid“ga qarshi o‘yinda (6:1) klub uchun birinchi golini kiritgan.
PARIS SAINT-GERMAIN FC
2023-yil 8-iyul kuni Fransiyaning "PSG - Paris Saint-Germain " klubiga transfer qilinadi. Hozirgi kunda (2025-yil 1-sentyabr) ham PSG oʻyinchisi hisoblanadi. Shartnoma muddati 2028-yilgacha amal qiladi. * Lee Kang-in PSG uchun jamoaning hujum va yarim himoya chizig'ida muhim futbolchi. U o'yin davomida nafagat gol urish va assist bilan, balki to'pni boshqarish, uzatma sifati va jamoaningritmini belgilash borasida ham samarali. Unga jamoadoshlar bilan kombinatsion o'yin, to'g'ridan-to'g'ri hujumni boshlash va golga tayyorlashyo'nalishida katta e'tibor qaratilgan.
Xalqaro faoliyati
U-20 Jahon chempionati 201 9 Li 2019-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Janubiy Koreya U-20 futbol jamoasida oʻynash uchun tanlab olingan va jamoasini turnirda tarixiy ikkinchi oʻringa olib chiqgan. Musobaqa davomida Li ikkita gol va yetti oʻyinda toʻrtta golli uzatmani amlaga oshirgan. Natijada u turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida „Oltin toʻp“ sovrinini qoʻlga kiritgan.
Kattalar jamoasi Li 2019-yilning mart oyida Boliviya va Kolumbiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun Janubiy Koreyaning katta yoshli futbol terma jamoasiga birinchi chaqiruvini olgan va Janubiy Koreya milliy futbol jamoasidagi eng yosh oʻyinchi boʻlgan. 2019-yilning 5-sentyabr kuni Li milliy terma jamoadagi debyutini Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida asosiy tarkibda o‘tkazgan.
Faoliyat statistikasi
Klub + Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Kontinental Boshqa JamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol Valencia B 2017-18 Segunda B divizioni 11 1 — — — 11 1 2018-19 Segunda B divizioni 15 3 — — — 15 3 Jami 26 4 — — — 26 4 Valencia 2018-19 La Liga 3 0 6 0 2 0 — 11 0 2019-20 La Liga 17 2 2 0 5 0 0 0 24 2 2020-21 La Liga 24 0 3 1 — — 27 1 Jami 44 2 11 1 7 0 0 0 62 3 Mallorca 2021-22 La Liga 30 1 4 0 — — 34 1 2022-23 La Liga 7 1 0 0 — — 7 1 Jami 37 2 4 0 — — 41 2 Karyerada jami 107 8 15 1 7 0 0 0 129 9
Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Janubiy Koreya 2019 3 0 2020 2 0 2021 1 0 Jami 6 0
Yutuqlari Valencia
Copa del Rey : 2018-19
Janubiy Koreya U20
FIFA U-20 Jahon kubogi ikkinchi oʻrin: 2019
Shaxsiy yutuqlari
FIFA U-20 Jahon chempionati Oltin toʻpi : 2019 Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi : 2019 Koreya FA yilning eng yaxshi yosh futbolchisi : 2019
Manbalar
Havolalar
Profile Paris Saint-Germain F.C. saytida Lee Kang-in – National Team Stats KFA saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Valencia CF Mestalla futbolchilari Turkum:Valencia CF futbolchilari Turkum:RCD Mallorca futbolchilari Turkum:Paris Saint-Germain F.K. futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Janubiy Koreyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2022 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo o‘yinlarining oltin medal sohiblari Turkum:2022-yilgi Osiyo oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar