Kim Sen-Go (1990-yil 30-sentyabrda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik futbolchi, Saudiya Arabistonining „Al-Shabab“ klubi va Janubiy Koreya milliy futbol jamoasida darvozabon sifatida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati Kim „Ulsan Hyundai“ning uziq kutilgan oʻyinchisi edi va oʻrta maktabni tugatgandan soʻng kattalar jamoasiga qoʻshilgan. Ammo, odatda, oʻrinbosarlar va litsey jamoasida oʻynagan. Mavjud darvozabon Kim Yon Kwang 2013-yilda jarohatlangan paytda berilgan imkoniyatlarda ajoyib oʻyin koʻrsatganidan soʻng Ulsanning asosiy darvozaboni boʻlgan. Shuningdek, u oʻsha mavsumda K ligasining eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.

Xalqaro faoliyati Kim terma jamoadagi debyutini 2013-yilning 14-avgustida Peruga qarshi o‘yinda o‘tkazgan va o‘z debyutida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Kim Janubiy Koreya terma jamoasining 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoasiga Jung Sung-Ryongdan keyin ikkinchi tanlov darvozaboni sifatida kiritilgan. U dastlabki ikki oʻyinda ishtirok etmagan, lekin Jungning Jazoirga qarshi oʻyinidan soʻng Belgiyaga qarshi oʻyinda Kim tanlab olingan. U ko‘plab seyvlarni amalga oshirgan boʻlishiga qaramay Koreya 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Magʻlubiyatga uchraganiga qaramay, Kim jahon chempionatidagi debyutida dunyoning eng yuqori oʻrindagi jamoalaridan biriga qarshi oʻyinda atigi bitta gol oʻtkazib yuborgan oʻyini muxlislar tomonidan yaxshi baholangan.

Kim 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga katta yoshli futbolchi sifatida tayinlangan. Kim oʻz jamoasiga 28 yil ichida birinchi marta oltin medal olishga yordam bergan. Kim oʻzi oʻtkazgan oltita oʻyinda gol oʻtkazib yubormagan va harbiy xizmatdan ozod etilgan.

Kim Janubiy Koreya terma jamoasining 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etishi uchun tanlangan, biroq murabbiy Shin Tae Yong o‘zining asosiy darvozaboni sifatida Jo Hyeon Wooni tanlagan.

JCh-2018dan soʻng Janubiy Koreyaning keyingi bosh murabbiyi Paulo Bento Kimga katta ishonch bildirgan. U 2019-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etib, chorak finalgacha boʻlgan beshta oʻyinda ikkita gol oʻtkazib yuborgan. 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashida u 14 ta oʻyinda atigi 3 ta gol oʻtkazib yuborgan va Janubiy Koreyaga 2022-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionatiga chiqishga yordam bergan.

Oʻyin uslubi Janubiy Koreyadagi eng koʻp qirrali darvozabonlardan biri sifatida tanilgan Kim dastlab tezkor reflekslari va ajoyib seyvlari bilan ajralib turgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolUlsan Hyundai2008K Liga20000010302009K Liga00000010102010K Liga301040—802011K Liga200000—202012K Liga12000—001202013K Liga 132020——3402014K Liga 129010—603602015K Liga 134040——380Jami11408040801340Vissel Kobe2016J1 Liga3401020—3702017J1 Liga3103050—3902018J1 Liga3002000—3202019J1 Liga1200010—130Jami10706080001210Ulsan Hyundai2019K Liga 1160———160Kashiwa Reysol2020J1 Liga240—30—2702021J1 Liga3501010—3702022J1 Liga1300000—130Jami720104000770Al-Shabab2022-23Saudiya Professional Ligasi5000000050Karyerada jami3140150160803530

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Janubiy Koreya 2013-yil 3 0 2014-yil 4 0 2015-yil 10 0 2016-yil 5 0 2017-yil 5 0 2018-yil 10 0 2019-yil 11 0 2021-yil 9 0 2022-yil 9 0 Karyerada jami 66 0

Yutuqlari Ulsan Hyundai

Janubiy Koreya Liga Kubogi: 2011 AFC Championlar Ligasi: 2012

Kashiwa Reysol

J.Liga kubogi sohibi: 2020-yil

Janubiy Koreya U23

Osiyo oʻyinlari : 2014

Janubiy Koreya

Osiyo kubogi gʻolibi: 2015-yil EAFF chempionati : 2015, 2019

Shaxsiy yutuqlari

K liga 1 eng yaxshi oʻyinchi : 2013 Koreya FA yilning eng yaxshi darvozaboni : 2016 EAFF chempionatining eng yaxshi darvozaboni: 2019

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari