Kim Du hyon (1982-yil 14-iyulda tugʻilgan) — janubiy koreyalik sobiq professional futbolchi.

Klubdagi faoliyati Kim West Bromwich jamoasiga qoʻshilgunga qadar Suvon Samsung Blyuvings va Seongnam Ilhva Chunma jamoalarida oʻynagan. U ikkala jamoada ham K ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan va uning texnik qobiliyati Janubiy Koreyalik Pol Skoulz deyishgan.

Kim 2007-yilning dekabr oyida „West Bromwich“ jamoasida sinovdan oʻtgan va mavsum oxirida klubga ijara asosida qoʻshilgan. U oʻzining birinchi golini „West Bromwich“ uchun mavsumning soʻnggi oʻyinida „Queens Park Rangers“ga qarshi oʻyinda, ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushganidan sakkiz daqiqa oʻtib raqib darvozasiga gol kiritgan. „West Bromwich“ oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan. Shu tariqa „West Bromwich“ Futbol Ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan va Premer-ligaga koʻtarilgan.

28-may kuni Kim 550 000 funt sterling evaziga „West Bromwich“ga doimiy ravishda qoʻshilgan. Kim Premer-ligadagi debyutini 2008-yilning 16-avgustida „Arsenal“ga qarshi o‘tkazgan. 2009-yil 24-yanvarda Angliya kubogida „Burnley“ qarshi oʻyinda gol muallifiga aylangan. „West Bromwich“da bir yarim yil oʻynagach, u Janubiy Koreyaga qaytgan.

Faoliyatining oxirida, u Malayziya Superligasi vakili Negeri Sembilan va USL chempionatining Indy Eleven jamoasida oʻynagan.

Xalqaro faoliyati Kim 2004-yil Yozgi Olimpiya oʻyinlari, 2002 va 2006-yilgi Osiyo oʻyinlarida 23 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoada asosiy pleymeyker sifatida oʻynagan. U 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatida Janubiy Koreya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.

2008-yil 14-iyunda Kim Turkmanistonga qarshi jahon chempionati saralash oʻyinida oʻzining birinchi xalqaro xet-trikini amalga oshirgan.

Shaxsiy hayoti Kim 2008-yil 12-avgustda Jung Xe Von bilan oila qurgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +ClubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSuwon Samsung Bluewings2001K Liga120??30??—1502002K Liga162??40??—2022003K Liga34410———3542004K Liga2210000——2212005K Liga1000816140192Jami8571015161401119Seongnam Ilhwa Chunma2005K Liga2021000——2122006K Liga2560052——3082007K Liga257001010120388Jami70151062101208918West Bromwich Albion2007-08Championship413000——71West Bromwich Albion2008-09Premier Liga1603100——191Suwon Samsung Bluewings2009K Liga124210000—1452010K Liga162303140—2632012K Liga810000——812013K Liga 16100—20—812014K Liga 131300———313Jami7311513160—8713Korean Police2011———??——??2012———??——??Jami——??——??Seongnam FC2015K Liga 135720—82—4592016K Liga 128420——203242017K Liga 125320———273Jami88146000822010416Negeri Sembilan2018Malayzia Super Ligasi18010——50240Indy Eleven2019USL Championship7100——0071Karyerada jami3614920224430413044859

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollarMilliy terma jamoa YilOʻyin Gol Janubiy Koreya 2003-yil 4 1 2004-yil 8 2 2005-yil 11 0 2006-yil 14 4 2007-yil 7 1 2008-yil 7 3 2009-yil 2 0 2010-yil 5 0 2012-yil 4 1 Karyerada jami 62 12 + Kim Do Hyon tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 14.12.2003 Milliy stadion, Tokio, Yaponiya 1-0 3-1 2003-yil EAFF chempionati 29.06.2004 Daejon Jahon kubogi stadioni, Daejon, Janubiy Koreya 2-0 2-0 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 317.11.2004 Seul Jahon kubogi stadioni, Seul, Janubiy Koreya 1-0 2-0 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 422.06.2006 Al-Hamadaniya stadioni, Aleppo, Suriya 1-0 2-1 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi 523.05.2006 Seul Jahon kubogi stadioni, Seul, Janubiy Koreya 1-0 1-1Oʻrtoqlik 616.08.2006 Zhongshan futbol stadioni, Taypey, Xitoy Taypeyi 3-0 3-0 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi 76.09.2006 Suvon Jahon kubogi stadioni, Suvon, Janubiy Koreya 6-0 8-0 2007-yilgi Osiyo kubogi saralashi 815.07.2007 Gelora Bung Karno stadioni, Jakarta, Indoneziya 1-0 1-2 2007-yilgi Osiyo kubogi 914.06.2008 Saparmurat Turkmanboshi Olimpiya stadioni, Ashxobod, Turkmaniston 1-0 3-1 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi 10 2-1 11 3-1 1230.05.2012 Stade de Suisse, Bern, Shveysariya 1-1 1-4Oʻrtoqlik

Yutuqlari Suwon Samsung Bluewings

K ligasi 1 : 2004 Koreya FA kubogi : 2002, 2009 Koreya Liga kubogi : 2001, 2005 Koreya Superkubogi : 2005 Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati : 2000-01, 2001-02 Osiyo Superkubogi : 2001, 2002 A3 Chempionlar Kubogi : 2005 Pan-Tinch okeani chempionati : 2009

Seongnam Ilhwa Chunma

K ligasi 1 : 2006 Koreya Ligasi kubogi sohibi: 2006

West Bromwich Albion

Futbol ligasi chempionati : 2007-08

Janubiy Koreya U23

Osiyo oʻyinlari bronza medali: 2002

Janubiy Koreya

OFK Osiyo Kubogi uchinchi oʻrin: 2007 EAFF chempionati : 2003

Shaxsiy yutuqlari

K liga 1 eng yaxshi oʻyinchi : 2004, 2005, 2006, 2007 K liga 1 eng qimmat oʻyinchisi : 2006 Koreya FA yilning eng yaxshi goli : 2006 K ligasining eng yaxshi oʻyinchisi : 2007

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak futbolchilar