„Qirmizi olma“ — oʻzbek xonandasi Ulugʻbek Rahmatullayev ijro etgan qoʻshiq. Dastlab singl o'laroq 2015-yil eʼlon qilingan. „Qirmizi olma“ qoʻshigʻi Rahmatullayevning 2015-yil eʼlon qilingan „Yoshlik“ nomli albomiga ham kiritilgan. Shuningdek, 2020-yil eʼlon qilingan „Seni izlab“ albomiga qoʻshiqning jonli versiyasi kiritilgan. Xonanda qoʻshiqni rus tilida „Yabloko lyubvi“ () nomi bilan ijro etgan. Tarona xonandaning oʻsha yili chiqarilgan ayni nomli studiyaviy albomiga kiritilgan. „Qirmizi olma“ Rahmatullayev repertuaridagi eng keng tanilgan qoʻshiqlarning biridir.

Qoʻshiq tonalligi — si-bemol minor. Qoʻshiqning oʻzbekcha versiyasi klipi 2016-yilning martida YouTubega yuklanganidan to 2022-yilning sentyabriga qadar 21 million martadan oshiq, ruscha versiyasi klipi esa 20 million martadan oshiq koʻrilgan.

Bugunga qadar bir necha xorijlik xonanda taronani kaver qilgan. 2015-yil eronlik xonanda Aref qoʻshiqni „Ki behtar az to“ () nomi bilan fors tilida kuylagan. Rahmatullayev Aref undan ruxsat olmaganini, ammo kaverga eʼtirozi yoʻqligini bildirgan. 2021-yil esa Arhan „Qirmizi alma“ nomi bilan ozarbayjon tilida ijro etgan. 2021-yil Rahmatullayev qoʻshiqni xonanda Nilufar Usmonova bilan ijro etgan.

„The cover up kids“ koʻrsatuvining 3-sonida (8-noyabr, 2020-yil) Rahmatullayev qoʻshiqlari kaver qilingan. „Qirmizi olma“ qoʻshigʻini koʻrsatuv ishtirokchisi Rustamxon Sayfullayev ijro etgan. Sayfullayev qoʻshiqni uch xil uslubda, jumladan, milliy cholgʻular joʻrligida ijro etgan va Rahmatullayev olqishiga sazovor boʻlgan Qaraldi: 30-sentyabr 2022-yil.

Izohlar

Manbalar

Havolalar

„Qirmizi olma“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi Songsterr saytida „Qirmizi olma“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi UltimateGuitar saytida

Turkum:Ulugʻbek Rahmatullayev qoʻshiqlari Turkum:2015-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar