Sayfullo Sharipov (; 1976-yil 9-aprel Samarqand, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Futbol murabbiyi.
Futbolchilik faoliyati
Futbolchi sifatida Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bitiruvchisi. Sayfullo Sharipov professional faoliyatini 1997-yilda Toshkent MHSKda boshlagan. Sharipov oʻzining debyut mavsumida MHSK tarkibida Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Oʻsha mavsumning ikkinchi yarmida ijara asosida Yangiyerga koʻchib oʻtdi va yarim mavsum davomida 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. 1998-yil boshida „Yangiyer“ futbolchini toʻliq sotib oldi va Sharipov keyingi ikki mavsumni „Yangiyer“ jamoasida oʻynagan. 2000-yilda Gulistonga koʻchib oʻtgan va bir mavsumda 27 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Keyingi yili u „Zarafshon“ Navoiy safida bir mavsum toʻp surgan va buning uchun 32 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2002-yilgi mavsumda Sayfullo „Muborak Mash’al“ jamoasida oʻynagan.
2003-yili Samarqandning „Dinamo“siga qaytib, ikki mavsum ular safida oʻynagan. 2005-yilgi mavsumda yarim mavsumni Bekobodning „Metallurg“ va Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klublarida oʻtkazgan. 2006-yilda u oʻzining tugʻilgan Samarqandning „Dinamo“ jamoasida futbolchi sifatidagi professional faoliyatini yakunlagan.
Murabbiy sifatida 2012-yilda Sayfullo Sharipov Samarqandning qayta tashkil etilgan „Sherdor“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlanganZaxirasiz qolib ketgan jamoalar yoxud Sayfullo Sharipov. Oʻsha yili uning rahbarligida jamoa ilk bor Oʻzbekiston chempionati ikkinchi ligasida ishtirok etgan va oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallab, Oʻzbekiston birinchi ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritganSayfullo Sharipov: „Sherdor“ning natijasidan qoniqdim". Birinchi ligaga chiqqanidan keyin Sayfullo Sharipov 2014-yilning oxirigacha „Sherdor“ni boshqarishda davom etgan. Keyin Samarqandning „Dinamo“ jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan„Dinamo“ning 2016 yilgi mavsum uchun „zayavka“si / CHAMPIONAT.asia.
Yutuqlar
Oʻzbekiston chempioni: 1997-yil
Manbalar
Havolalar
Sayfullo Sharipov Footballfacts saytida
Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:9-aprelda tugʻilganlar Turkum:Samarqandda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Guliston klubi futbolchilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Sherdor klubi bosh murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar