Sergey Artyomovich Arutyunov (1922-yil 15-martda tugʻilgan – 2015-yil 5-aprelda vafot etgan) – sovet va oʻzbekistonlik sobiq futbol murabbiy, professional futbolchi boʻlgan.
Faoliyati 15 yoshida Toshkent pionerlar saroyining bolalar jamoasida oʻynagan. 1940-yildan Toshkentning „Dinamo“ jamoasida hujumchi sifatida oʻynagan. Dinamo jamoasi tarkibida Oʻzbekiston SSR chempioni va kubogi sohibi boʻlgan. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. Ikkinchi jahon urishidan soʻng bir muddat Toshkentning „Spartak“ jamoasida oʻynagan. 1948-yildan Toshkent toʻqimachilik kombinatining „Qizil bayroq“ jamoasiga oʻtgan va jamoa sardori, oʻyonovchi murabbiylik qilgan. 1951-yil futbolchilik faoliyatini yakunlagan va Oʻzbekiston SSR musoboqalarida hakamlik qilgan: FootBook :. Sayt futbolnoy statistiki.
1953-yil Sovet Ittifoqi Oliy murabbiylar maktabiga oʻqishga kirgan. 1956—1970-yillarda „Paxtakor“ futbol maktabi va 1971—1999-yillarda G.Titov nomidagi bolalar oʻsmirlar maktabidada katta murabbiy boʻlib ishlagan.
Sergey 50 dan ortiq mashhur futbolchilarni tarbiyalagan, jumladan: Bektoshev, Vyacheslav Mixaylovich, Sergey Dotsenko,
Toʻlagan Isoqov, Gennadiy Krasnitskiy, Vyacheslav Soloxo.
Oʻzbekiston futbol federatsiyasi aʼzosi, 10 yil davomida „Charm toʻp“ klubi raisi. Chigʻatoyda joylashgan Oʻzbekiston futbol tarixi muzeyi asoschilaridan biri boʻlgan.
Sergey 2015-yilning aprel oyida 93 yoshida olamdan oʻtgan.
Yutuqlar
Murabbiylar tayyorlash jamoalari guruhlari oʻrtasidagi chempionatning bronza medallari („Paxtakor“, 1959). Yoshlar kubogi (Oʻzbekiston SSR jamoasi, 1964 yoki 1965-y.) Yoshlar oʻrtasidagi xalqaro turnirning bronza medallari (Oʻzbekiston SSR jamoasi, 1974, 1976)
Unvonlar va mukofotlar
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1962). I darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni (1999) Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar ustozi (2006). FIFA faxriy oltin medali (1988)
Manbalar
Havolalar Sergey Arutyunov Footballfactsru Sergey Arutyunov UFA.uz saytida Sergey Arutyunov Sport-strana saytida
Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston murabbiylari Turkum:Spartak Toshkent futbolchilari Turkum:Dinamo Toshkent klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari