Stephan Andrist (; 1987-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — Shveysariyalik yarim himoyachi, „Chiasso“ klubida oʻynaydi. Shveysariya yoshlar terma jamoasining sobiq aʼzosi.
Klublardagi faoliyati Bolaligida Andrist FC Dürrenastda oʻynagan, keyin FK Thun safidan oʻtgan. 2007-yilda oʻzining asosiy jamoasiga chaqirilgan va debyutini 22-sentyabr kuni FC Luzernga qarshi uy oʻyinida oʻtkazgan. 2008-yil sentabr oyida oyogʻini sindirib oldi.
2011-yilning 30-avgustida Andrist 2014-yil iyun oyi oxirigacha oʻynash sharti bilan Baselga oʻtganini eʼlon qildi. 2011-yil 20-sentyabrda Basel safida Servettega qarshi safarda 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda zaxira tarkibida debyut qildi. Andrist klubda dastlabki ikkita golini 2011—2012-yilgi Shveysariya kubogining ikkinchi bosqichida va 2011-yil 15-oktabrda FC Schötzga qarshi safarda 5:1 hisobida gʻalabali oʻyinda urdi. Superligadagi ilk golini 2011-yil 29-oktabrda Grasshopper Club Zürich klubiga qarshi oʻyinda (4:1) kiritdi. 2011—2012-yilgi mavsum oxirida Basel bilan dublni: Liga chempionligi va Shveysariya kubogini qoʻlga kiritdi.
2012-yil 11-sentabrda Basel klubi Andristni Luzernga ijaraga berishini eʼlon qildi. Luzernda bir yil oʻtgach, Andrist Baselga qaytdi.
2014-yilning 14-fevralida Andrist bir yillik shartnoma asosida Baseldan Aarau klubiga oʻtdi
Xalqaro faoliyati Andrist Shveysariya yoshlar terma jamoasi aʼzosi wdi. Shveysariyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasidagi debyutini 2004-yilning 13-oktyabrida Avstriyaning 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilariga qarshi oʻz uyida 0:2 hisobidagi oʻyinda oʻtkazdi. Shveysariya U21 terma jamoasidagi debyutini 2007-yil 17-noyabrda Estoniya U21 termasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Oradan bir necha kun oʻtib, 2007-yil 21-noyabrda Shveysariya U20 terma jamoasidagi yagona oʻyinini Germaniya U20 terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan.
Yutuqlari Basel
Shveysariya Superliga chempioni: 2012-yil Shveysariya kubogi : 2012-yil Uhren kubogi gʻolibi: 2013-yil
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shveysariyalik erkak futbolchilar