Gʻanisher Xolmurodov (1994-yil 29-noyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, darvozabon pozistisyasida oʻynagan. Oʻzbekiston sohil futboli terma jamoasi tarkibida oʻyinlarda ishtirok etadi.
Futbolchilik faoliyati Gʻanisher Muborakning „Mash’al“ klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Muborakliklar safida asosiy jamoasida birorta uchrashuv oʻtkazmagan. 2013-yil mavsum boshida Bekobodning „Metallurg“ klubiga ijaraga berilgan va birorta uchrashuv oʻtkazmay ikkinchi davrada Kosonning „Alanga“ klubiga oʻtgan. 2013-yil mavsum soʻngida muddatli harbiy hizmatga ketgan. 2014-yilgi mavsumda yana professional futbolga qaytgan, „Alanga“ safida qisqa muddat oʻyinlarda ishtirok etgan.
Keyinchalik professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Sportdagi keyingi faoliyatini plyaj futbolida va havaskorlar futbolida faoliyatini davom ettirgan.
Xalqaro faoliyati Gʻanisher 16 yoshda, 2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi safida 5 ta uchrashuvda ishtirok etgan.
Manbalar
Havolalar
Transfermarket – Gʻanisher Xolmurodov profili
Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:29-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar