Jasur Jumamurotovich Hasanov (1989-yil 24-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati Jasur 2008-yilda „Buxoro“ jamoasida faoliyatini boshlagan. Hasanov Buxoro klubi tarkibida 2012-yilgacha oʻynagan va shu vaqt ichida 74 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan. 2010-yilda u „Qizilqum“ klubi safida ham ijara asosida oʻynagan va 22 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. 2013-yilgi mavsumda Toshkentning „Lokomotiv“ klubidan taklifni qabul qilib, shartnoma imzolagan. 2016-yilgi mavsumda Buxoro jamoasi tarkibiga qaytgan.
Xalqaro oʻyinlar Hasanov bir necha xalqaro miqyosda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan. U 2009-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Gana, Angliya va Urugvay termalariga qarshi oʻyinda ishtirok etgann. Jasur kattalar terma jamoasidagi debyutini Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida Yaponiyaga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. Jasur Oʻzbekiston terma jamoasi safidagi ilk golini, 2014-yilgi jahon chempionati saralash bosqichining 4-turida Livanga qarshi oʻyinda (1:1) kiritilgan.
Xalqaro oʻyinlarda gollar
Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
№ Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2012-yil 8-iyun Camille Chamoun Sports City Stadium, Bayrut 1 – 0 1—1 JCH-2014 saralashi
Yutuqlar
Oʻzbekiston chempionati kumush medali sohibi: 2013, 2014, 2015. Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2014-yil Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2015-yil Oʻzbekiston Superkubogi finalchisi: 2014-yil
Manbalar
Havolalar
Jasur Hasanov Goal.com saytida Jasur Hasanov FIFA saytida Jasur Hasanov Soccerway saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Buxorolik sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2010 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar