Azizbek Murodulla oʻgʻli Turgʻunboyev (1994-yil 1-oktyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, „Andijon“ va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi.

Futbolchilik faoliyati

Fargʻona vodiysining Pop tumanida tugʻilgan Turgʻunboyev faoliyatini oʻzi tugʻilib oʻsgan Namanganning „Navbahor“ klubida boshlagan. Namanganning „Navbahor“ klubi tarbiyalanuvchisi. U ushbu klubning yoshlar jamoasida oʻynagan va 2015-yildan 2021-yilgacha „Navbahor“ klubining asosiy jamoasi safida toʻp surgan. 2018-yilgi mavsumda yakunida Oliy ligada 3-oʻrinni egallagan boʻlsa, Turgʻunboyevning oʻzi bu yilda 27 oʻyinda 7 ta gol urgan.

2018-yil 23-mart, Keniya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida 23 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasida debyut qilgan. 28-iyun kuni olimpiya terma jamoasi tarkibida Ummon jamoasiga qarshi oʻyinda gol urgan. 2018-yil noyabr oyida Ektor Kuper Turgʻunboyevni Osiyo Kubogi turniriga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Avstraliyada boʻlib oʻtadigan terma jamoa yigʻinida ishtirok etishni taklif qilgan. Turgʻunboyev 2019-yil yanvar oyida boʻlib oʻtadigan tanlovda ishtirok etish uchun tanlangan.

2019-yil boshida futbolchi Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtishi borasida janjal markazida boʻlgan. Poytaxt klubi bilan shartnoma imzolagan Turgʻunboyev „Navbahor“ jamoasi bilan ham amalda shartnomasi mavjudligi va Namangan jamoasi tarkibida mashg;ulotlarni davom ettirishi „Paxtakor“ jamoasining rasmiy shikoyatiga sabab boʻlgan. 2019-yil 7-fevral, futbolchi ikki jamoa bilan shartnoma imzolagani uchun keyingi transfer oynasigacha diskvalifikatsiya qilingan. Transferni amalga oshirishda ishtirok etgan bir qancha xodimlar ham olti oydan ikki yilgacha muddatga futbolda faoliyat olib borishdan chetlatilgan. Nihoyat Azizbek 2021-yilgi mavsum uchun „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va Toshkent klubi tarkibiga oʻtgan.

2024-yil AFC Osiyo kubogi 2023 musoboqasida ishtirok etib qaytganidan soʻng „Paxtakor“ jamoasini tark etgan va Turkiya Superligasida ishtirok etuvchi „Sivaspor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati U Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2018-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. U terma jamoadagi debyut uchrashuvini 2018-yilning 19-may kuni Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan. Oʻsha yilning 8-iyun kuni Urugvay terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida ham Oʻzbekiston terma jamoasi safida maydonga tushgan.

Turgʻunboev Oʻzbekiston terma jamoasining 2019-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogi uchun qaydnomasiga kiritilgan va turnirda ishtirol etgan

Faoliyat statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarJamoaMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiXalqaroBoshqaJamiDivisionIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolIshtGolNavbahor2015Oʻzbekiston Oliy ligasi1000———102016Oʻzbekiston Oliy ligasi14020———1602017Oʻzbekiston Superligasi29820———3182018Oʻzbekiston Superligasi28710———2972019Oʻzbekiston Superligasi13221———3592020Oʻzbekiston Superligasi25821———212Jami1102592———11927Paxtakor2021Oʻzbekiston Superligasi25540—30103352022Oʻzbekiston Superligasi26320—61103542023Oʻzbekiston Superligasi24541—6210368Jami7513101—1533010317Sivaspor2023/2024Turkiya Superligasi00000000000018538193—1533022244 Term jamoa 2024-yil 3-fevralda boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra. Terma jamoaYilIshtGolOʻzbekiston201860201930202050202100202251202391202462Umumiy344

Term jamoa uchun gollar № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2022-yil 14 iyun Markaziy stadioni, Namangan, Oʻzbekiston 2 – 0 2 – 0 2023 yilgi Osiyo kubogi saralashi2.2023-yil 23-sentyabrAQSH2 – 13 —3Oʻrtoqlik uchrashuvi3.2024-yil 23-yanvarAl Janoub stadioni, Al Vakrah, Qatar1 – 11 – 1AFC Osiyo kubogi 20234.2024-yil 30-yanvarAl Janoub stadioni, Al Vakrah, Qatar1 – 02 – 1AFC Osiyo kubogi 2023

Yutuqlar Terma jamoa MOFA millatlar kubogi sohibi: 2025 Klub Paxtakor Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2021, 2022, 2023 Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2018-yil Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2021, 2022 Oʻzbekiston Kubogi sohibi; 2025

Mukofotlari 2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Havolalar

Azizbek Turgunboev Transfermarkt saytida

Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Namangan viloyati kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Sivasspor klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:„Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar