Shotlandiya ayollar Premier-liga kubogi (SWPL kubogi nomi bilan ham tanilgan) Shotlandiyada ayollar futboli boʻyicha liga kubogi musobaqasidir. Shotlandiya ayollar Premier-liga kubogi faqat Shotlandiya ayollar Premier-ligasi jamoalari uchun ochiq. Shotlandiya ayollar Premier-liga kubogi musobaqasida final oʻyinini ham hisobga olganda jami toʻrtta tur mavjud.
Shotlandiya ayollar Premier-liga kubogi 2002—2003-yillarda Shotlandiya ayollar Premier-ligasi bilan birgalikda boshlangan. Shotlandiya ayollar Premier-liga kubogining birinchi gʻolib jamaosi Kilmarnock klubi boʻlgan. Shotlandiya ayollar Premier-liga kubogini eng koʻp qoʻlga kiritgan jamoa esa Hibernian klubi boʻlib, jami hisobda 7 marta qoʻlga kiritgan.
Shotlandiya ayollar Premier-liga kubogi har bir kalendar yilida tashkil topganidan 2020-yilgi mavsumgacha, yaʼni COVID-19 pandemiyasi sababli sport musobaqalarini oʻtkazish tugatilgan kungacha oʻtkaziladigan. Shotlandiya ayollar Premier-liga kubogi yozgi jadval boʻyicha (taxminan martdan noyabrgacha davom etadi) oʻtkazildi.
Formati 2015-yilgacha Shotlandiya ayollar Premier-ligasining oʻn ikki jamoasidan faqat yaxshi natija koʻrsatgan sakkiztasi Shotlandiya ayollar Premier-liga kubogida bellashish uchun tashlangan. Shotlandiya ayollar Premier-liga kubogi barcha oʻyinlar bir oʻyin davrasida (uy va safar uchrashuvlari uslubida emas) oʻtkazildi.
2016-yilda Shotlandiya ayollar Premier-liga kubogiga SWPL 2-divizioni qoʻshilganidan beri Premier-liganing ikki divizionidagi barcha jamoalar Shotlandiya ayollar Premier-liga kubogida ishtirok etishdi.
Chempion jamoalar roʻyxati Quyida Shotlandiya ayollar Premier-liga kubogi final uchrashuvlari roʻyxati berilgan.
YilChempionHisobIkkinchi oʻrinMan.2002Kilmarnock2-0Glasgow City 2003Kilmarnock3-1Glasgow City2004Hibernian6-1Raith Rovers2005Kilmarnock3-2Glasgow City 2006Edinburgh4-1Hibernian Match Reports :- Edinburgh Ladies FC v Hibernian Ladies FC — S.W.P.L. Cup Final , Spartans W.F.C. web archive, 30 November 20062007Hibernian4-0Queenʼs Park Ladies 2008Glasgow City3-0Spartans Match Reports :- Glasgow City v Spartans — SWPL Cup Final , Spartans W.F.C. web archive, 8 November 20082009Glasgow City3-1Hibernian 2010Celtic4-1Spartans 2011Hibernian5-2Spartans 2012Glasgow City5-1Spartans 2013Glasgow City5-0Spartans 2014Glasgow City3-0Hibernian 2015Glasgow City2-1 (qoʻshimcha vaqtda)Hibernian 2016Hibernian2-1Glasgow City 2017Hibernian4-1Celtic 2018Hibernian9-0Celtic 2019Hibernian0-0 qoʻshimcha vaqtda) 4-2 (penaltilar seriyasida)Glasgow City 2020Covid-19 pandemiyasi sababli toʻxtatilgan2020—2021Oʻtkazilmagan2021-2022Celtic1-0Glasgow City Chempion jamoalar reytingi ReytingChempionlikJamoalar17Hibernian26Glasgow City33Kilmarnock42Celtic51Spartans (Edinburgh)
Yana qarang
Shotlandiya ayollar kubogi Shotlandiya ayollar futbol ligasi Birinchi divizion kubogi Shotlandiya ayollar futbol ligasi Ikkinchi divizion kubogi
Manbalar
Havolalar
Shotlandiya FA kubogi Shotlandiya (ayollar) — RSSSF kubogi gʻoliblari roʻyxati Turkum:Shotlandiya ayollar Premier-liga kubogi Turkum:Shotlandiyada ayollar futboli kubogi musobaqalari